Rasil jangi – 644-yil boshida Roshidun xalifaligi va Roja Rasil boshqaruvidagi Ray podsholigi oʻrtasida boʻlib oʻtgan jang. Roshidun xalifaligining Hindiston yarim orolidagi ilk toʻqnashuvi. Jangning aniq joyi nomaʼlum boʻlsa-da, tarixchilarning fikricha, Hind daryosining gʻarbiy sohilida sodir boʻlgan.

Bu yurishga xalifa Umar tomonidan Suhayl ibn Adiy qoʻmondon etib tayinlangan. Suhayl 643-yilda Busradan yurish boshlagan va hozirgi Pokiston hududida joylashgan Makron hududi yerlariga yetib borgan. Makron asrlar davomida Sosoniylar imperiyasining anʼanaviy hududi boʻlgan, biroq 636–637-yillarda Ray podsholigi tomonidan bosib olingan va podshohlik tasarrufiga qoʻshib olinganPeter Crawford, The War of the Three Gods: Romans, Persians and the Rise of Islam, (Pen & Sword, 2013), 192.André Wink, Al-hind: The Making of the Indo-islamic World, Vol. I, (E. J. Brill, 1990), 133..

Manbalar

Turkum:Roshidun xalifaligi ishtirokidagi janglar Turkum:644