Anush Babajanyan (1983-yil 23-oktyabr, Yerevan, Armaniston) – arman fotojurnalisti, 4Plus ayol fotograflar jamoasi asoschisi. Kavkazning mojaroviy zonalaridagi hayot haqidagi hujjatlari bilan mashhur.
Biografiyasi Anush Babajanyan 1983-yil 23-oktyabrda Armanistonning Yerevan shahrida tavallud topgan. Ulgʻaygach, Kavkaz Media institutida tahsil olgan. 2005-yilda Ruben Mangasaryan tomonidan tashkil etilgan World Press Photo tomonidan taqdim etiluvchi fotografiya kurslari dasturini tamomlagan. 2006-yilda Bolgariyadagi Amerika universitetining ommaviy kommunikatsiyalar boʻyicha fakultetini tugallagan.
Karyerasi Oʻqishni tamomlagandan soʻng, Babajanyan Armanistondagi BBC Monitoring xizmatida pudratchi boʻlib ishlagan, shundan soʻng mustaqil fotojurnalist boʻlgan.
2008-yildan Babajanyan Yerevan koʻchalarida oʻzlarining yorqin kiyimlari bilan ajralib turadigan ayollarni suratga olishni boshladi. Bu loyiha „Inlandish“ deb nomlangan va „outlandish“ soʻziga qarshi yangi atama sifatida yaratilgan. Ushbu loyihada Babajanyan ayollarning ichki hayotlari ularning tashqi dunyosida qanday aks etishini oʻrganib chiqqan.
2009-yilda Babajanyan Gyumri zilzilasidan omon qolgan kishilar hayotini hujjatlashtirish loyihasini boshladi. Zilzila sodir boʻlganidan yigirma yil oʻtgach, deyarli 4000 ga yaqin oila domiklar deb nomlanuvchi metalldan yasalgan boshpanalarda yashayotgan edi. Bu joylarda elektr va suv taʼminoti yoʻq, ahvol shu qadar dahshatli ediki, yana bir zilzila ularni toʻliq vayron qilishi mumkin edi. Babajanyanning ushbu suratlari 2009-yilning dekabr oyida Yerevanda namoyish etilgan.
Babajanyan 2013-yilda 4Plus ayol fotograflar jamoasiga asos solgan va „mOther Armenia“ loyihasi oʻn nafar fotograf ishtirokida tashkil etilgan qoʻshma koʻrgazmasi 4Plusning birinchi loyihalaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, Babajanyan Turkiyaga ish izlab koʻchib oʻtayotgan arman ayollarining migratsiyasini hujjatlashtiruvchi uzoq muddatli loyiha ustida ham ishlay boshlagan.
Manbalar
Havolalar
Anush Babajanyan 4Plus, fotograflar jamoasi
Turkum:Fotojurnalistlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1983-yilda tugʻilganlar Turkum:23-oktyabrda tugʻilganlar