Islom.uz – 2003-yilda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tomonidan asos solingan diniy-maʼrifiy sohada faoliyat yuritadigan internet portal.

Tarixi Portalga 2003-yilda Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf tomonidan asos solingan. Uning ishga tushirilishida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning shogirdi Adham Atajanov (Abu Muslim nomi bilan tanilgan) muhim rol oʻynagan.

Portalda aqida, qurʼon, hadis, fiqh, siyrat, islomning besh arkoni (imon, namoz, roʻza, zakot, haj) kabi boʻlimlar mavjud. Shunindek, unda Toshkent vaqti boʻyicha namoz vaqtlari koʻrsatiladi. Materiallar oʻzbek tilidan tashqari arab, rus va ingliz tillarida ham taqdim etiladi.

2019-yilda Sof.uz tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnomada Islom.uz portali doirasida faoliyat yuritadigan „Zikr ahlidan soʻrang“ loyihasining telegramdagi kanali 16 mingga yaqin ishtirokchi orasida 30% ovoz toʻplab, "Oʻzbekistonning 2019-yildagi eng yaxshi Telegram-kanali" sifatida eʼtirof etilgan.

Takomillashuv 2018-yilda portalining mobil ilovasi yaratilgan. Ilovada namoz va roʻza jadvallari, qibla yoʻnalishini aniqlash, „Hilol“ elektron kutubxonasi, „Zikr ahlidan soʻrang“ savol-javob xizmati, „Oʻzbekiston masjidlari“ boʻlimi va Islom.uz radiosini kabi xizmatlar joy olgan. 2023-yilga kelib portalning quyidagi mobil ilovalari ishlab chiqilgan:

Islom.uz Hilol e-book Oltin silsila Qurʼoni Karim Tafsiri Hilol Zikr ahlidan soʻrang Abdurahmon Qurʼon Abdulmalik Qurʼon Qurʼon tartili Namoz Zikr va duolar Javohir (arabcha-oʻzbekcha lugʻat).

Manbalar

Havolalar

Turkum:Oʻzbekiston internet ommaviy axborot vositalari