„Baptized in Fear“ () – kanadalik qoʻshiqchi va qoʻshiqlar muallifi The Weekndning qoʻshigʻi. Trek XO va Republic Records orqali ijodkorning oltinchi studiyaviy albomi – Hurry Up Tomorrowning oltinchi trek sifatida 2025-yil 31-yanvarda chiqarilgan. Audiovideo dastlab 2025-yil 30-yanvar kuni, albom chiqarilishidan bir necha soat oldin YouTubeda chiqarilgan. Qoʻshiqni The Weeknd, OPN va Nathan Salon yozgan; yuqoridagi shaxslar bilan birga Mike Dean prodyuserlik qilgan. Qoʻshiq tanqidchilardan yuqori baholar oldi.
Kompozitsiyasi va matni „Baptized in Fear“ qoʻshigʻida The Weeknd oʻzining tashvishlariga hukmronlik qilishiga qoʻyib berayotgani, uyat va aybdorlik hislarini tuyayotganini kuylaydi:
Slant Magazine uchun yozgan Nick Seip qoʻshiqni „The Weekndning Kiss Land (2013) nomli ilk studiyaviy albomidagi balladalarning aniqroq va ishonchliroq versiyasiga oʻxshaydi“ deb hisoblagan. Billboarddan Carl Lamarre „Baptized in Fear“ni Hurry Up Tomorrow albomidagi „Until Weʼre Skin & Bones“ qoʻshigʻi bilan birga ikkinchi oʻringa qoʻydi.
Chartlar +"Baptized in Fear"ning chartlardagi oʻrniChart (2025)Eng yuqorioʻrin (ARIA)67 Streaming (OCC)61 (SNEP)40International (IFPI)7 International (IMI)10 (Tónlistinn)23 (FIMI)71 (TOSAC)63 (LaIPA)12 (AGATA)23 (Polish Streaming Top 100)71 Hot Singles (RMNZ)6 (Sverigetopplistan)60
Manbalar
Turkum:2025-yil qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd qoʻshiqlari Turkum:The Weeknd tomonidan yozilgan qoʻshiqlar Turkum:The Weeknd prodyuserligidagi qoʻshiqlar Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar