Juma-Jomi masjidi, (; ; ; ) Juma masjidi sifatida ham tanilgan, Qrimning Yevpatoriya shahrida joylashgan. 1552—1564-yillarda qurilgan bu masjid Usmonli meʼmori Xoʻja Sinon tomonidan loyihalashtirilgan.

Tarixi Juma-Jome masjidi Qrimning eng katta masjidi boʻlib, 1552-yilda Xon Davlatgaray tomonidan barpo etilgan. Xon masjidni qurish uchun Istanbul meʼmori Xoʻja Sinonga (1489–1588) topshiriq bergan. Sinon Usmonli imperiyasining bosh meʼmori edi. U Istanbuldagi Sinan posho masjidi va Shahzoda masjidini loyihalashtirgan. Juma-Jome masjidining qurilishi uzoq davom etgan. Oʻsha paytda Meʼmor Sinan Istanbuldagi Sulaymoniya masjidining qurilishi bilan band edi. Ivan Grozniy bilan boʻlgan urush tufayli masji qurilishida moliyaviy qiyinchiliklar paydo boʻlgan va qurilish yakuniga yetishi uchun uzoq vaqt ketgan.

Masjid binosi vaqt oʻtishi bilan yaxshilanib borilgan. 1740—1743-yillarda masjid qayta qurilib, asosiy binosi tiklangan. 1758—1769-yillarda masjidning gʻarbiy tomoni rasmlar bilan bezatilgan.

Galereya

Yana qarang

Qrimda din Yevropadagi masjidlar roʻyxati

Manbalar

Havolalar

Xan Camii

Turkum:Qrimdagi masjidlar