Mahmud masjidi () – Shvetsiyaning Skåne okrugi Malmö shahridagi masjid.

Tarixi Masjid qurilishi 1999-yilda boshlangan. Masjid 2016-yil 13-may kuni Mirzo Masrur Ahmad tomonidan oʻqilgan juma xutbasi paytida rasman ochilgan va oradan bir kun oʻtib Malmö shahar kengashi raisi ishtirokidagi marosimdan soʻng ilk namoz oʻqilgan.

Arxitekturasi 2 000 m² maydonga ega masjid majmuasi 5 binodan iborat boʻlib, ular orasida ikki xonali turar joy, sport zali, ofislar va kutubxona mavjud. Masjid ikkita namozxonadan iborat: biri erkaklar, ikkinchisi ayollar uchun. Umumiy hisobda, masjid 1 700 nafar namozxonni oʻzida sigʻdira oladi. Uning qurilishiga jami 37,5 million Shvetsiya kronasi (SEK) sarflangan.

Yana qarang

Ahmadiya Shvetsiyada Skandinaviyadagi masjidlar roʻyxati

Manbalar

Turkum:2016-yilda qurib bitkazilgan masjidlar Turkum:Shvetsiyadagi masjidlar