thumb|Arzirum jome masjidi Arzirum jome masjidi () – Turkiyaning Arzirum shahridagi tarixiy masjid. Saltuklu bekligi „Otabey“ deb atalganligi bois ushbu inshoot „Otabey masjidi“ deb ham nomlanadi.
Masjid Saltuklu amiri Nasriddin Aslan Mehmed tomonidan milodiy 1179-yilda (hijriy 574) bunyod etilganGrand Mosque of Erzurum, Culture Portal of Turkey. Bino Usmoniy saljuqiylar davriga xos boʻlgan toʻrtburchak shaklda qurilgan.
Arzirum masjidi 10 000 nafargacha namozxonni sigʻdira oladi.
Tuzilishi thumb|Ichki qismi Masjid shifti mehrob devoriga perpendikulyar qilib qurilgan. Masjidning tomini 40 ta ustun koʻtarib turadi, ulardan 16 tasi devorlarga tutashganGrand Mosque of Erzurum, Culture Portal of Turkey.
Masjidning sharqiy tarafidagi birinchi eshigining ikki tomonida mehrob mavjud. Masjidning oʻng tomonida gʻishtli minora va bitta namozxona joylashgan. Minoraga masjidning ichidan borish mumkinGrand Mosque of Erzurum, Culture Portal of Turkey.
Taʼmirlash ishlari right|thumb|Erzurum Katta masjidining vaqf qoʻlyozmasi. Ushbu qoʻlyozma masjidga oid arqam (rasmiy yozuvlar)ni oʻz ichiga oladi. 1639-yilda hokim Husayn posho tomonidan boshlangan bino katta taʼmirlash ishlarining muvaffaqiyatli yakunlanishi munosabati bilan yozilgan. Masjid besh marta taʼmirlangan. Usmoniylar sultoni Murod IV hukmronligi davrida binodan oziq-ovqat ombori sifatida foydalanilgan. 1639-yilda masjidda Arzirum hokimi Husayn posho, 1826-yilda Ali Afandi, shuningdek, 1858 va 1860-yillarda ham qoʻshimcha ravishda taʼmirlash ishlari olib borilgan. 1957–1964-yillarda esa bino Vaqflar Bosh boshqarmasi tomonidan taʼmirlanganGrand Mosque of Erzurum, Culture Portal of Turkey.
Yoritilishi Masjidning ichki qismini 28 ta deraza yoritib turadi. Janubiy qismidagi ikkinchi oynada 1826-yilga oid taʼmirlash yozuvi mavjudGrand Mosque of Erzurum, Culture Portal of Turkey. Mehrob devorining yuqori qismida joylashgan ikkita dumaloq deraza peshin va asr namozlarining vaqtini aniqlashga yordam beradi. Chap tomondagi dumaloq derazadan tushgan yorugʻlik peshin namozidan oldin yerda oval shakl hosil qiladi, namoz vaqti yetganda esa doiraga aylanadi. Xuddi shu tarzda, oʻng tomondagi dumaloq derazadan tushgan yorugʻlik asr namozi vaqti yetguncha oval shaklda boʻlib, keyin doiraga aylanadi.
Manbalar
Turkum:Turkiyadagi Saljuqiylar masjidlari