Chidozie Obi-Martin — Angliya Premyer-ligasining Manchester United futbol klubi va Daniya milliy futbol terma jamoasi hujumchisi.
Yoshligi Obi-Martin Kopengagen shahrida kelib chiqishi Nigeriyaning Igbo millatiga mansub shaxslar oilasida tugʻilgan.
Klublardagi faoliyati Arsenal Obi-Martin faoliyatini Daniyadagi mahalliy KB jamoasida boshlagan. U bolaligida Angliyaga koʻchib oʻtgan va 14 yoshida Arsenal akademiyasiga qoʻshilgan. U klubning yoshlar jamoalari orqali oʻtib oʻzini sermahsul toʻpurar sifatida koʻrsatgan va 15 yoshida 18 yoshgacha boʻlganlar jamoasiga koʻtarilgan. 18 yoshgacha boʻlganlar jamoasidagi ilk startida u 2023-yilning 23-sentabr kuni Southamptonga qarshi oʻyinda (4:0) xet-trik qayd etgan. Daniya OAVlari uni nigeriyalik futbolchi Viktor Osimhen bilan solishtirishni boshlagan.
Keyingi oyda Obi-Martin hali 15 yosh boʻla turib klubning 21 yoshgacha boʻlgan jamoasida debyut qilgan. Uning Arsenaldagi tez koʻtarilishi 2023-yil noyabr oyi boshida yana davom etgan u asosiy jamoaning menejeri Mikel Arteta tomonidan kattalar jamoasidagi mashgʻulotlarga ham jalb etilgan. Obi-Martin 2023-yil 18-noyabrda xalqaro miqyosda shuhrat qozongan, chunki u Arsenalning 16 yoshgacha boʻlgan jamoasi safida Liverpoolni 14:3 hisobida magʻlubiyatga uchratgan oʻyinda 10 ta gol urgan. 2024-yil 27-aprelda Obi-Martin yana bir bor jurnalistlarning eʼtiborini tortgan. U Norwich Cityga qarshi oʻyinda (9:0) 7 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan. Bu bilan u Arsenalning 18 yoshgacha boʻlgan jamoasidagi soʻnggi 7 oʻyinida 24 ta gol urgan. 2024-yil 29-iyulda Obi-Martin oʻzining Instagram sahifasida Arsenalni tark etganini eʼlon qilgan.
Manchester United 2024-yil yozida Obi-Martin Premyer-liganing yana bir jamoasi - Manchester Unitedga oʻtishi bilan bogʻliq mish-mishlar tarqalgan va transfer sentabr oyi oxirida yakunlangan. Keyingi oyda The Guardian nashri uni 2007-yilda tugʻilgan dunyoning eng yaxshi yosh futbolchilaridan biri deb e'tirof etgan. Manchester United akademiyasi safidagi ilk oʻyinida Obi-Martin Nottingham Forestga qarshi oʻyinda (6:0) xet-trik qayd etgan.
Obi-Martin 2025-yil 16-fevralda birinchi marta asosiy jamoa tarkibiga kiritilgan. Tottenhamga qarshi oʻyinda (1:0) 90-daqiqada Casemiro oʻrniga maydonga tushgan va oʻz debyutini amalga oshirganTottenham Hotspur vs Manchester United. ManUtd.com. 16 February 2025. Retrieved 16 February 2025..
Xalqaro faoliyati Obi-Martin Daniya, Nigeriya va Angliya terma jamoalarida oʻynash huquqiga ega. U 2022-yil oxirida Daniyaning 16 yoshgacha boʻlgan terma jamoasi safida 5 ta oʻyin oʻtkazgan. Keyinchalik 2023-yil fevralida Angliya terma jamoasiga oʻtgan va 16 yoshgacha boʻlgan terma jamoa safida 2 ta oʻyin oʻtkazgan. Biroq, 2023-yil aprel oyida u yana Daniyaning 16 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga qaytgan va 3 ta oʻyinda 2 ta gol urgan. Uning sermahsul toʻpurarlik formasi uni Daniyaning 17 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga chaqirilishiga sabab boʻlgan. U 2024-yilgi UEFA 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralash bosqichida dastlabki 3 ta oʻyinda 2 ta gol urgan.
Statistikasi
+ JamoaMavsumLigaAngliya kubogiAngliya liga kubogiYevropaBoshqaUmumiyDivizionIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarManchester United2024–2025Angliya Premyer-ligasi200000000020Umumiy 200000000020
Yutuqlari UEFA 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining turnir ramziy jamoasi: 2024
Manbalar
Havolalar
Turkum:2007-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Daniyalik erkak futbolchilar Turkum:Angliyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Kjøbenhavns Boldklub futbolchilari Turkum:Arsenal F.C. futbolchilari Turkum:Manchester United F.C. oʻyinchilari Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar