Muhammad Musoxon Dahbediy (Samarqand 1708-yil 1776-yil Samarqand) – Naqshbandiya tariqati murshidi.
Faoliyati Musoxon Dahbediy yoshlik vaqtida otasi bilan Hisor shahriga yaqin Qoratogʻ mavzeida yashaydigan togʻasi Muhammad Rizoxojanikiga borgan. Togʻasi Rizoxoja Sulton Hofizi Ubahiyning xalifalaridan edi. Musoxon Dahbediy otasi hamrohligida Hijoz ziyorati asnosida Hisorga qoʻnib, togʻasi Rizohojaga shogird tushgan. Togʻasining ishorati bilan Hindistonning dorul-irshod Jahonobod shahriga tashrif buyrub Muhammad Obid Jahonobodiy bilan uchrashib va unga murid tushgan. Muhammad Obid Sirhindiy Ahmad Foruq nabirasi boʻlgan. Musoxon Dahbediy bir muncha yil Hindistonda turib keyin Samarqandga qaytgan.
Asarlari Kasir ul-favoyid. Jami Jahonnamoyi ayn ul-maoniy. Durar ul-asror va sanad ul abror. Zubdat ul-haqoyiq. Navodir ul-maorif. Dar fazilati Paygʻambar. Durr ul-maknun. Mahzan ut-taarruf. Kanz ul-favoyid. Manbalar
Turkum:Samarqandda tugʻilganlar Turkum:Samarqandda vafot etganlar Turkum:Murshid Turkum:Maxdum A'zam Dahbediy avlodi