Niğde Alouddin masjidi () – Turkiyaning Niğde tumanidagi tarixiy masjid.
Masjid Niğde tarixiy qal’asida joylashgan. 1223-yilda Koʻniya sultonligi (Usmoniylar imperiyasining ajdodi) hukmdori Alouddin Qayqubod () davrida barpo qilingan. Masjid sulton nomidan Niğde viloyatining mahalliy hokimi Ziynettin Beşare tomonidan qurdirilgan. Bino bosh meʼmori Siddiq va uning yordamchisi, ukasi Gʻozi ismli kishi boʻlgan.
Qurilish materiali sifatida kesilgan toshdan foydalanilgan. Masjidning ikkita portali mavjud boʻlib, birinchisi binoning sharqiy tomonida, ikkinchisi shimol tomonda joylashgan. Masjidning janubiy qismida uchta gumbaz bor. Minora kvadrat binoning shimoli-sharqiy burchagida joylashgan.
Mahalliy afsonaga koʻra, muqarnas bilan bezatilgan sharqiy darvozaning shakli quyosh tushganda toj kiygan qizning soyasini hosil qiladi. Bu qiz, goʻyoki, masjidni qurdirgan hokimning qizi boʻlib, uni qurgan tosh oʻymakori qizga oshiq boʻlgan.
Manbalar
Turkum:Turkiyadagi Saljuqiylar masjidlari