Omir ibn Fuhayra (arabcha: عامر بن فهيرة) (586–625) – Islom paygʻambari Muhammadning sahobasi. U Abu Amr kunyasi bilan ham tanilganMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr, pp. 176-177. London: Ta-Ha Publishers..
Hayoti Ajdodlari afrikalik boʻlib, u Azd qabilasining mulkida qul boʻlib tugʻilganAbdulmalik ibn Hisham. Notes to Ibn Ishaq’s Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad, p. 743 note 422. Oxford: Oxford University Press.. Keyinchalik u Abu Bakrning oʻgay oʻgʻli Tufayl ibn Horisga tegishli boʻlgan. U ham shu qabiladan ediMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr, pp. 176-177. London: Ta-Ha Publishers., ehtimol Omirdan yoshroq ham edi.
614-yildan oldinMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr, pp. 176-177. London: Ta-Ha Publishers. Makkada musulmon boʻldiMuhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad. Oxford: Oxford University Press.. 614-yildan boshlab u Makkada qiynoqqa solingan, uni eʼtiqodidan qaytishga majburlashgan. Unga tahdid qilganlarning nomi toʻgʻridan-toʻgʻri aytilmagan, ammo Abu Bakr uni Tufayldan sotib olib, ozod qilganlarida, taʼqiblar toʻxtadiAbdulmalik ibn Hisham. Notes to Ibn Ishaq’s Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad, p. 743 note 422. Oxford: Oxford University Press.. Ozod qilingan qullar uchun odatdagidek, Omir Abu Bakrning xizmatida qoldi va sogʻuvchi qoʻylarini boqishga alohida gʻamxoʻrlik qildi.
Hijrat 622-yilda Muhammad va Abu Bakr Makkadan hijrat qilishganida, Omir kunduzi Abu Bakrning qoʻylarini oʻtlatib, kechqurun Abu Bakr va Muhammad yashiringan gʻorga olib keldiMuhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad. Oxford: Oxford University Press.. Ehtimol, qoʻylar izlarini yashirishi uchun boʻlgandir. Madinaga borish uchun gʻordan chiqqanlarida, Omir ularga hamroh boʻldiMuhammad ibn Jarir al-Tabari. Tarikh al-Rusul waʼl-Muluk. Translated by Landau-Tasseron, E. (1998). Volume 39: Biographies of the Prophetʼs Companions and Their Successors, pp. 138, 142. Albany: State University of New York Press.. Suroqa ibn Mallikka Paygʻambarimiz tomonidan hech qanday zarar yetmasligi haqida xat yozgan edi.
Avvaliga Omir Madinada Saʼd ibn Xaysamaning huzurida qoldiMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr, pp. 176-177. London: Ta-Ha Publishers.. Lekin keyinroq Abu Bakrning uyiga qaytib keldi. Muhammad Omir va Horis ibn Avs ibn Muoz oʻrtasidagi birodarlik toʻgʻrisida shartnoma tuzdi. Ular kelganlaridan koʻp oʻtmay, Omir, Abu Bakr va Bilol Madina isitmasi bilan kasallandilar.
Omir Badr va Uhud janglarida qatnashganMuhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad. Oxford: Oxford University Press..
Vafoti U 625-yil iyul yoki avgust oylarida Bir al-Maona jangida qatnashganMuhammad ibn Ishaq. Sirat Rasul Allah. Translated by Guillaume, A. (1955). The Life of Muhammad. Oxford: Oxford University Press.. Kalb qabilasidan boʻlgan Jabbor ibn Sulma tomonidan pichoqlanganida: „Allohga qasamki, men muvaffaqiyatga erishdim!“ deb hayqirdi. U jangda birinchilardan boʻlib halok boʻldi. Urva uning jasadi hech qachon topilmaganini, chunki „farishtalar uni dafn qilishgan“ va u toʻgʻridan-toʻgʻri Jannatga koʻtarilganligini aytdi. Keyinroq Jabbor Omirning „Men gʻalaba qozondim“ degani bilan nima demoqchi ekanligini soʻradi. Omir jannatga erishganini aytishganda, Jabbor ham musulmon boʻldiMuhammad ibn Saad. Kitab al-Tabaqat al-Kabir vol. 3. Translated by Bewley, A. (2013). The Companions of Badr, pp. 176-177. London: Ta-Ha Publishers.. Manbalar
Turkum:Arab boʻlmagan sahobalar Turkum:Badr jangida ishtirok etgan sahobalar Turkum:625-yilda vafot etganlar Turkum:586-yilda tugʻilganlar Turkum:Muhojirun Turkum:Uhud jangida ishtirok etgan sahobalar