Ismoil Muhammad (1964-yilda Nyu-Meksiko shtatining Albukerke shahrida tugʻilgan) – Islom millati tashkilotining amerikalik aʼzosi, Ilyos Muhammad va Tinnetta Muhammadning oʻgʻli. Ismoil „qora musulmonlar“ning milliy vaziri Lui Farraxanning yordamchisi. 1995-yilda Ismoil Million Man March tadbirida nutq soʻzlagan.

Ilyos Muhammadning 21 farzandidan Ismoil onasi Tinnetta Muhammadning toʻngʻich oʻgʻli ediKarl Evanzz, The Messenger, p. 452-454Gardell, Mattias, In the name of Elijah Muhammad: Louis Farrakhan and the Nation of Islam, Duke University Press, 1996, page 125. „Islom millati“ (NOI) shtab-kvartirasi Maryam masjidida talabalar vaziri hisoblanadi. Ismoil, shuningdek, Kengash aʼzosi va baʼzida Lui Farraxanning eng ehtimoliy vorisi hisoblanadi.

Ismoil 2013-yilgi Muqaddas Poklanish kuni milliy tadbirida, 20-oktyabr sanasida, „Islom millati“ sahnasida koʻzga tashlandi. Bu tadbirda Ismoil, kasallik tufayli qatnasha olmagan Lui Farraxan oʻrniga asosiy nutq soʻzladi. Farraxonning oʻz oʻrniga soʻzlash uchun Ismoilni tanlagani, guruh rahbarligining kelajakdagi yoʻnalishini oydinlashtirib berishi mumkin. 2015-yil fevral oyida onasining dafn marosimiga bagʻishlangan keng koʻlamli tadbirda muhim rol oʻynadiMother Tynnetta Muhammad – A heartfelt and fitting tribute to a perfect example.

Bir necha oʻn yillar davomida Ismoil Muhammad Meksikaning Kuernavaka shahrida yashab, Chikagodagi NOI shtab-kvartirasiga qaytishdan oldin diniy tadqiqodlarga eʼtibor qaratdi. Taxminlarga koʻra, Ismoil „Islom millatining“ navbatdagi rahbari boʻlishi mumkin.

Manbalar

Turkum:1964-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar