Abutoriq Ismoil ibn Bulbul () (891-844/845) — al-Moʻtamid (870—892 yillar hukmronligi) davrida Abbosiylar xalifaligining amaldori boʻlib, 878—892 yillarda xalifalik vaziri boʻlib faoliyat olib borgan.
Ismoil ibn Bulbul arab qabilasi boʻlgan Banu Shaybonga mansubligini daʼvo qilgan boʻlsa-da, u fors yoki Mesopotamiyadan boʻlgan. Abbosiylar rasmiy aʼzolari saflarida koʻtarilib, podshohlik devonining boshligʻi boʻlgan, 878-yilda podshoh al-Muvaffaq tomonidan eng yuqori fuqarolik lavozimiga – vazirlik lavozimiga tayinlangan. Oradan ozgina vaqtdan soʻng u taxtdan olingan, ammo oʻsha yili qayta tiklangan. Shunga qaramay, hukumatdagi haqiqiy hokimiyat al-Muvaffaqning oʻz kotibi Said ibn Maxlad qoʻlida boʻlgan va faqat 885/886 yilda Said ibn Maxlad ketishi bilan Ismoil haqiqatan ham maʼmuriyat boshligʻi boʻlgan. Hatto harbiylargacha boʻlgan keng koʻlamli hokimiyatga ega edi. Aynan u davomiy moliyaviy tanqislikka duch kelib, keyingi bir necha oʻn yilliklarda xalifalik boshqaruvida markaziy shaxslarga aylangan ikki savdogar aka-uka Ahmad ibn al-Furat va uning ukasi Alini yolladi.
Ismoil ibn Bulbul shialarga xayrixoh boʻlib, al-Muvaffaqning oʻgʻli, boʻlajak xalifa al-Muʼtadid (892—902 yillar hukmronligi)ning dushmani hisoblanib, uning oʻsib borayotgan siyosiy va harbiy qudratini zararsizlantirishga urinib koʻrgan.. Al-Muvaffaq 891-yil iyun oyida vafot etgan, uning oʻrniga al-Mu’tadid podshoh etib tayinlanganda, Ismoil hibsga olingan va koʻp oʻtmay vafot etgan.
Adabiyotlar
Manbalar
Turkum:Abbosiylar xalifaligining asirlari va mahbuslari Turkum:891-yilda vafot etganlar