Alaüddevle masjidi () – Turkiyaning Gaziantep shahridagi tarixiy masjid, Dulkadir turkman bekligidagi Ala ad-Davla Bozkurtbey davrida qurilgan. Bozkurtbey 1515-yilda vafot etgan, masjid binosi uning vafotidan oldin qurilgan deb taxmin qilinadi. Masjidning qurilishi armanlar tomonidan nazorat qilingan, meʼmorlari Armenak afandi va usta Kirkor boʻlgan. Bino masjid sifatida qurilgan boʻlsa-da, unda mahalliy cherkovlarga xos xususiyatlar ham mavjud. Masjid mehrobi peshtoq va ustunlarni oʻz ichiga oladi. 2023-yil 6-fevralda masjid ketma-ket ikki marta sodir boʻlgan zilzila natijasida vayron boʻlgan.

Galereya

Manbalar

Turkum:Gumbazli masjidlar Turkum:Gaziantepdagi masjidlar Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Turkiyadagi sunniylik masjidlari Turkum:Turkiyadagi gumbazli masjidlar