Hishom ibn Amr at-Tagʻlibiy – Sind xalifalik viloyati noibi. 768-yilda Halifa al-Mansur tomonidan tayinlangan.

Sind noibi Al-Mansur xalifaligi davrida Sind noibliligiga tayinlangan At-Tagʻlibiy oʻtmishdoshi hukmronligi paytida qoʻzgʻolonlar va tartibsizliklar oqibatida ajralib ketgan viloyatning barcha hududlarini qayta boʻysundirgan.

Moʻltanga hujum qilib, uni qoʻshib oldi. Soʻngra Karkota sulolasining bir qismiga bostirib kirib, oltin va qullarni qoʻlga kiritdi. Keyin u Baruch yaqinidagi Gandxarga bostirib kirib, uni xalifalikka qoʻshib oldi. U yerda ibodatxonani buzib, oʻrniga masjid qurdirdi. Shuningdek, Jamolni Bardaga yubordi, Jamol esa esa bu hududga bostirib kirib, uni talon-taroj qildi. Manbalar

Turkum:8-asr arab shaxslari Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar