Oysun ibn Sulaymon ibn Yaqzon al-Kalbi al-Arabiy () – 8-asr oxirida Barselona va Girona voliysi.Sulaymon al-Arabiyning oʻgʻli.

Oysun otasi Sulaymon al-Arabiy bilan birga 778-yilda Buyuk Karl qoʻshiniga qoʻshildi. Qoʻshin Saragosani qamal qilgan edi.

Oysun va ukasi Matruh al-Arabiy basklar bilan ittifoq tuzib, Ronsvalles jangida 778-yilda Franklar armiyasining yukxonasiga hujum qilib, otalarini ozod yuborishgan. Otasi Saragosaga qaytib, Barselonani (va Girona) boshqarish uchun Matruhga yubordi. Biroq, 780-yilda Sulaymon oʻzining sobiq doʻsti va Saragosalik Husayn tomonidan oʻldirilgan.

Oysunning ikkita xizmatkori bor edi: boʻlajak sarkarda Amrus ibn Yusuf va 785-yildan soʻng Matruhga xizmat qilgan Sabrit. Matruh isyon koʻtardi va taxminan 789-yilda Hueska hamda Saragosa shaharlarini qoʻlga kiritdi. Biroq, 791 yoki 792-yillarda Matruhni Amrus (u amirning tarafdoriga aylangan edi) va Sarhabil ibn Salton al-Zavagiy oʻldirdi.

Al-Udrining xabar berishicha, Oysun Gironani qoʻlga olish paytida asirga olingan va Aachenga yuborilgan. Al-Udriyning yozishicha, Oysun keyinroq xizmatkori Amrusning yordami bilan qochishga muvaffaq qolgan.

Oysun ismini 826-yildagi qoʻzgʻolon yetakchisi Aissó bilan oʻxshashdir. Shu sababli, Al-Udri kabi tarixchilar Oysun keksaygan chogʻida 826-yilda qochib, gottlar va musulmonlar bilan tinchlik tarafdori boʻlganlarning qoʻzgʻoloniga boshchilik qilgan, deb taxmin qilishgan. Ammo buni tasdiqlovchi hech qanday dalil yoʻq va bu shunchaki bir-biriga oʻxshash ismli ikki xil shaxsning chalkashtirilib yuborilishi boʻlishi mumkin. Manbalar

Turkum:8-asr arab shaxslari Turkum:Barselona voliylari Turkum:8-asr al-Andalus shaxslari