Al-Jalahma () – asosan, Fors koʻrfazidagi arab davlatlarida yashovchi arab urugʻi. Anaza qabilasidan kelib chiqqan. 1716-yilda Al bin Ali, as-Saboh va al-Xalifa bilan birgalikda zamonaviy Quvayt davlatiga asos solgan toʻrt Utub urugʻidan biri.
Rahma ibn Jobir al-Jalahma ushbu urugʻning taniqli aʼzolaridan biri boʻlgan.
Tarixi Urugʻ koʻpincha Basradagi karvonlarga va Shatt ul-Arabdagi savdo kemalariga hujum uyushtirgani tufayli Usmoniylar tomonidan Ummu Qasrdan quvilgan. Shundan soʻng ular Quvaytga koʻchib ketgan. Taxminan 1760-yillarda urugʻ vakillari al-Xalifa qabilasi bilan birgalikda Qatardagi Zubara shahriga koʻchib oʻtgan va shu sababli as-Saboh qabilasi Quvaytning yagona mulkdorlariga aylangan'Gazetteer of the Persian Gulf. Vol I. Historical. Part IA & IB. J G Lorimer. 1915' (1155/1782), p. 1001. Bu ikki qabila Zubara shahrining bandargohida erkin savdo portini tashkil qilgan, biroq al-Xalifa qabilasi iqtisodiy foydani al-Jalahma bilan boʻlishishdan bosh tortgan. Shu sababli al-Jalahma ar-Ruvays hududiga koʻchib oʻtgan, al-Xalifa esa Qatar atrofidagi marvarid ovlanadigan hududlarda monopoliya qilishni davom ettirgan.
Oʻzaro kelishmovchiliklarni chetga surib, al-Jalahma va al-Xalifa qabilalari boshqa qabilalar bilan birgalikda 1783-yilda Bahrayndan eronliklarni quvib chiqargan. Bu yurish qisman 1782-yilda Eronning Zubara shahriga uyushtirgan tajovuzkor harakatlari sababli boshlangan. Al-Jalahma 1783-yilda Utub ittifoqi Bahraynni qoʻshib olishidan oldinroq ittifoqdan ajralib chiqqan. Ular al-Xalifaning ularga nisbatan adolatsiz munosabatda boʻlgani sabab Zubaraga qaytib kelgan, chunki al-Xalifa siyosiy yoki hududiy yutuqlarini al-Jalahma bilan baham koʻrmagan. Buning natijasida al-Xalifa qabilasi hech bir qarshiliksiz Bahraynning yagona hokimiga aylangan'Gazetteer of the Persian Gulf. Vol I. Historical. Part IA & IB. J G Lorimer. 1915' (998/1782), p. 841.
Al-Jalahma qabilasi Fors koʻrfazi hududining katta qismini nazorat ostiga olgan Arabiston vahhobiylari bilan ittifoq tuzgan. Bunga qarshi al-Xalifalar vahhobiylarning asosiy muxoliflari boʻlgan ummonliklar bilan birlashgan. 1811-yilda Maskat hukmdori Said bin Sulton Bahrayn va Zubaradagi vahhobiy garnizonlariga hujum qilish imkoniyatidan foydalangan va hokimiyat al-Xalifaga qaytarilgan. Oʻsha yilning oʻzida Rahma ibn Jobir al-Jalahima al-Xalifa qabilasiga qarshi dengiz jangini olib borgan va ushbu jang al-Xalifa foydasiga hal boʻlgan'Gazetteer of the Persian Gulf. Vol I. Historical. Part IA & IB. J G Lorimer. 1915' (998/1782), p. 843. Al-Jalahma va al-Xalifa oʻrtasidagi qizgʻin qarama-qarshiliklar 1826-yilda mana shu bilan yakuniga yetgan. Unda koʻplab kishilar, jumladan, mashhur navigator Ahmad ibn Salmon al-Xalifa ham halok boʻlgan. Rahma ibn Jobir al-Jalahma oʻz kemasini yaqin oʻrtada portlatib yuborgan va urushga halokatli yakun yasagan. Page 40..
Bugungi kunda Al-Jalahma urugʻi Bani Utba qabilasidan ajralib chiqqanidan keyin ham hozirgi kunga qadar koʻpchilik tomonidan qabilalar ittifoqiining bir qismi deb hisoblaniladi.
Al-Jalahma urugʻi aʼzolari butun Arabiston yarim oroliga tarqalgan, ularning koʻpchiligi Quvayt, Qatar va Bahraynda istiqomat qiladi.
Manbalar
Havolalar
Al Jalahma veb-sayti Saudi Aramco World maqolasi: Koʻrfazning Rahmah
Turkum:Arabistondagi qabilalar Turkum:Saudiya Arabistonidagi qabilalar