Abū ʿAvn ʿAbdulmalik ibn Yazīd al-Xurosoniy (; ) Abbosiylarning ilk qoʻllovchilasi. Abbosiylar inqilobi davridagi harbiy harakatlarda ishtirok etgan va Misr hamda Xuroson noibi vazifalarida ishlagan.

Biografiyasi Abu Avn Abdulmalik asli Jurjonlik fors boʻlib, Huna’a qabilasining (Azdiylar guruhiga mansub) mavlosiga aylangan edi. Patricia Cronening ta’kidlashicha, Abbosiylarni qoʻllab-quvvatlaganiga qaramay, „uning ismlari oʻtmishda umaviylar tarafdori boʻlganini namoyon etadi“Crone (1980), p. 174. Vatani Jurjonda (Amir ibn Ismoil va Xolid ibn Barmak bilan birga) Abbosiylar da’vatining rahbari hamda Xurosondagi harakatning yetakchi a’zolaridan biri ediSharon (1990), p. 197Daniel (1979), pp. 40, 49. Abu Avn Abbosiylar sulolasining ramziga aylangan qora bayroqlarni birinchi boʻlib qabul qilgan shaxs ediDaniel (1979), pp. 40–41. 747-yil iyun oyida Abbosiylar inqilobi boshlanganida, Jurjondan yigʻilgan harbiy boʻlinmaga qoʻmondon etib tayinlandi. Mintaqadagi xorijiylar isyonini bostirish vazifasini olib, topshiriqni muvaffaqiyatli bajardiDaniel (1979), p. 76.

Abu Avn Qahtaba ibn Shabib at-Toiy boshchiligida Umaviylarga qarshi gʻarbiy yoʻnalishdagi harbiy yurishda ishtirok etib, Iroq chegaralarigacha yetib borgan. U yerda Qahtaba Abu Avnni oʻng qanotiga tahdid solayotgan Usmon ibn Sufyon boshchiligidagi Umaviylar qoʻshiniga qarshi turish uchun shimoldagi Shahrazurga joʻnatdi. Abu Avn boshqa Abbosiylar qoʻshini rahbari Amir ibn Ismoil va mahalliy qabila sardori bilan kuchlarini birlashtirgan boʻlsa-da, taxminan toʻrt ming kishilik qoʻshini Umaviylar armiyasiga nisbatan kuchsiz edi. Shunday boʻlsa-da, hujum qilishga qaror qilib, 749-yil 10-avgustda qoʻshini Usmon kuchlarini tor-mor etdi (ba’zi manbalarga koʻra, Usmon jangda halok boʻlgan) hamda Shahrazur shahrini qoʻlga kiritdiZetterstéen (1960), p. 108Sharon (1990), pp. 207–208.

Xalifa Marvon II asosiy Umaviylar qoʻshini bilan yaqin atrofda, Jazirada boʻlishiga qaramay, Umaviylar Abu Avnni ta’qib qilmadiSharon (1990), pp. 208–209. Abbosiylarning yangi lashkarboshisi Abdulloh ibn Ali qoʻshini bilan 750-yil 25-yanvarda boʻlib oʻtgan Zab daryosi boʻyidagi hal qiluvchi jangda birlashishga muvaffaq boʻldi. Bu jang Marvon IIning magʻlubiyati va qochishiga hamda Umaviylarning tayanch hududi boʻlgan Suriyaning taslim boʻlishiga olib keldi.

Abdulloh ibn Ali Falastinda qolib, oʻz ukasi Solih ibn Alini Abu Avn bilan birga 750-yilning may/iyun oylarida Misrga qochib ketgan Marvon IIni ta’qib qilish uchun joʻnatdi. Solih va Abu Avn mamlakatga bostirib kirdi. 750-yilning avgust oyida Busir shahrida Umaviylarning soʻnggi qarshiligi bostirildi. Bu jarayonda Marvon II va uning koʻplab tarafdorlari halok boʻldiKennedy (1998), p. 76. Solih Misr viloyatining yangi noibi etib tayinlandi. 751-yilda uning oʻrnini Abu Avn egalladi. Abu Avn 753-yilgacha, shuningdek, 755—758-yillarda ushbu viloyat noibi vazifasini bajargan, 753-yilda esa Solih eski lavozimiga qaytganKennedy (1998), pp. 76–77Kennedy (1990), p. 48 note 121.

Abu Avn 766/67-yilda yana tarix sahnasiga qaytib, Xurosonda Ustod Sis boshchiligidagi qoʻzgʻolonni bostirishda ishtirok etdi. Xozim ibn Xuzayma at-Tamimiy qoʻshinlari qurshovida qolgan Ustod Sis taslim boʻlishga qaror qilgach, oʻzi va tarafdorlarini Abu Avn hakamligiga topshirishni ma’qul koʻrdi. Ba’zi manbalarga koʻra, Ustod Sis Abu Avnni shaxsan tanir edi. Ehtimol, ular Abbosiylar inqilobi davridan beri tanish boʻlgan. Abu Avn Ustod Sis va uning oilasini qamoqqa olib, Bagʻdodga surgun qilishni buyurdi. Biroq uning qolgan tarafdorlari boʻlmish taxminan kishini ozod qilib yubordiDaniel (1979), p. 135.

Abu Avn 775/76-yillarda Xuroson viloyati noibi etib tayinlangan, biroq keyingi yili Muqanna qoʻzgʻolonini bostira olmagani sababli lavozimidan ozod etilgan. Oʻrniga Muʼaz ibn Muslim tayinlanganDaniel (1979), p. 142. Hugh N. Kennedyning taʼkidlashicha, Abu Avn -yilda vafot etganElton (1979), p. 146.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:8asrda tugʻilganlar Turkum:780-yillarda vafot etganlar Turkum:Abbosiylar xalifaligi generallari Turkum:Xurosonning Abbosiy noiblari Turkum:8-asr eroniy kishilari Turkum:Misrning 8-asr Abbosiy noiblari Turkum:Abbosiylar inqilobi ishtirokchilari Turkum:8-asr Abbosiylar xalifaligining Misrdagi hokimlari