Hayi as-Siforat Katta masjidi () – Saudiya Arabistoni poytaxti ar-Riyod shahrining Diplomatik kvartal tumanida joylashgan islomiy (sunniy) jome masjidi.

Namoz zali bilan birga deyarli maydonga ega masjid deyarli 5000 namozxonni oʻzida sigʻdira oladi. Bino 1983 va 1986-yillar oraligʻida al-Kindiy plaza hududini rivojlantirish vaqtida qurilgan.

Umumiy maʼlumot Masjid qurilishi shaharning Diplomatik kvartal tumanini rivojlantirish loyihasi doirasida rejalashtirilgan edi. 1981-yilda al-Kindiy plazaning maydonida qurilish ishlari boshlangan va chet el elchixonasi xodimlari hamda ularning oila aʼzolarining dam olish ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan. Beeah Group kompaniyasiga musulmon davlatlari diplomatlarining diniy talablarini qondirish maqsadida maydonni loyihalash boʻyicha shartnoma taqdim etilgan, markaziy masjid qurilishi 1983-yilda boshlanib, 1986-yilda nihoyasiga yetkazilgan.

Masjid 1990-yilda arxitektura yoʻnalishi boʻyicha beriladigan Ogʻa Xon mukofoti, 1996-yilda Qirol Saud universiteti tomonidan masjid meʼmorchiligi boʻyicha Simpozium mukofoti hamda 2014-yilda Abdulatif al-Fozan mukofoti bilan taqdirlangan.

Manbalar

Turkum:Saudiya Arabistonidagi sunniy masjidlar Turkum:Saudiya Arabistonidagi 20-asrda qurilgan masjidlar Turkum:Koordinatalar Vikimaʼlumotlarda Turkum:Ar-Riyoddagi masjidlar Turkum:Saudiya Arabistonidagi minorali masjidlar