Ubaydallloh ibn al-Hasan ibn al-Husayn al-Anbariy (), oddiygina Ubaydalloh al-Anbariy nomi bilan tanilgan (168 hijriy / 784-5 milodiy vafot etgan) – arab huquqshunosi, shoiri, lugʻatshunosi, nasabshunosi. Abbosiylar xalifaligi davrida hokim boʻlgan. U „kullu mujtahid musib“ nomli mashhur hikmatni ilgari surgani bilan yuksak eʼtiborga sazovor boʻlgan. Bu ibora taxminan „har qanday samimiy va jiddiy talqin qilish harakati maqbul natijaga olib keladi“ degan maʼnoni anglatadi.
Hayoti Ubaydulloh milodiy 718/9—724/5-yillar oraligʻida Basrada tugʻilgan. Arablarning Tamim qabilasiga mansub basronlik taniqli huquqshunoslar oilasidan boʻlgan. U milodiy 773-yilda qozi Sevar ibn Abdulloh al-Anbariy oʻrniga abbosiylar xalifasi al-Mansur (hukmronligi 754–775) tomonidan qozi va Basraga hokim etib tayinlangan. Hokim sifatida u oʻz lavozimini mustaqil saqlashga harakat qildi, lekin u oʻz siyosatini yurita olmadi va faqat Bagʻdodga qaram boʻlib qolgandi. Al-Anbariy oʻzini xalq himoyachisi deb bilardi; xalifa bilan bogʻliq ishni koʻrayotganda, xalifa sudga kirganda ham oʻz oʻrnidan turmay oʻtirgan, deyishadi. Milodiy 783-yilda oʻzidan keyingi xalifa al-Mahdiy (hukmronligi 775-785-yillar) davrida al-Anbariy xalifaning buyrugʻi bilan Basra hokimi lavozimidan ozod etilgan. Al-Xatib al-Bagʻdodiyning „Tarix Bagʻdod“ asarida yozilishicha, al-Anbariy xalifa al-Mahdiyning bir savdogarga qarshi harbiy qoʻmondon foydasiga hukm chiqarish haqidagi buyrugʻini bajarishni rad etgani uchun lavozimidan chetladilgan.
Manbalar
Turkum:784-yilda vafot etganlar Turkum:8-asrda tugʻilganlar Turkum:Abbosiylar xalifaligidan boʻlgan 8-asr shaxslari Turkum:8-asr arab shaxslari Turkum:Basraning Abbosiy hokimlari Turkum:8-asrda arab tilida ijod qilgan shoirlar Turkum:8-asr lugʻatshunoslari Turkum:8-asr huquqshunoslari Turkum:Banu Tamim