Kishinyov xalqaro aeroporti (; ) – Moldovaning asosiy xalqaro aeroporti. Mamlakat poytaxti Kishinyov shahri markazidan janubi-sharqda joylashgan. Moldovaning flagman aviakompaniyasi Air Moldova uchun bosh qarorgoh vazifasini bajaradi.
2024-yil 18-yanvarda aeroportning IATA kodi KIVdan (Kishinyovdan olingan, shaharning ruscha nomi va inglizchadagi avvalgi nomi) RMOga (Republica Moldova, ruminchada Moldova Respublikasi) oʻzgartirildi. Bu Moldovadagi muntazam yoʻlovchi parvozlarini amalga oshiruvchi yagona aeroport.
Tarixi Dastlabki yillari Kishinyovga birinchi muntazam reys 1926-yil 24-iyunda Buxarest–Galats–Kishinyov va Yassi yoʻnalishida boshlangan. Parvozlarni dastlab CFRNA, keyinchalik LARES amalga oshirganAirline companies in Rumania (1918–1945). Aeroportda Kishinyovga birinchi reys tasvirlangan esdalik lavhasi oʻrnatilgan.
Yiliga 1,2 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatish quvvatiga ega boʻlgan asosiy terminal 1970-yillarda qurilgan.
1990-yillardan keyingi rivojlanishi
1995-yil 31-mayda Kishinyov aeroportiga xalqaro aeroport maqomi berildi.
2002-yilda Turkiyaning Akfen Holding kompaniyasi tomonidan aeroportda katta modernizatsiya va rekonstruksiya ishlari yakunlandi. lik yangilangan eski terminal binosiga maydonga ega qoʻshimcha terminal binosi qoʻshildi. Loyiha parda devorlari, kompozit panellar, asfalt yoʻl, kunlik quvvatga ega tozalash inshooti, toʻliq mexanik isitish, ventilyatsiya va elektr tizimlari, shuningdek, rentgen xavfsizligi, bagajni qayta ishlash, master soat va parvoz maʼlumot tizimlari barpo etishni qamrab oldi. Aeroportning yillik sigʻimi 5,4 million yoʻlovchigacha oshirildiChișinău International Airport at azworldairports.com.
Kishinyov xalqaro aeroporti Xalqaro aeroportlar kengashining aʼzosi.
Rossiyaning Ukrainaga bosqini munosabati bilan Moldova havo hududi yopilganligi sababli aeroport 2022-yil 24-fevralda vaqtincha yopildi. 2022-yil 22-mart kuni Moldova Fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi mamlakat havo hududini qisman ochdi, bu esa aeroportdagi ishlarning qayta tiklanishiga olib keldi.
2023-yil 14-martda Wizz Air havo boʻshligʻi xavfsizligi bilan bogʻliq xavotirlar tufayli Moldovaga/Moldovadan parvozlarni toʻxtatdi. Shundan soʻng Moldova parlamenti prezidenti Igor Grosu Ryanair vakillari bilan uchrashib, aviakompaniyani Wizz Airni asosiy arzon aviakompaniya sifatida almashtirish maqsadida aeroportda parvozlarni amalga oshirishga ishontirdi.
Infratuzilmasi 2009-yilda aeroportda oʻnta roʻyxatga olish stoli va beshta darvoza bor ediAbout Chisinau International Airport at booking.md. VIP va CIP mehmonlarga VIP terminalda maxsus xizmatlar taklif etiladi. Ikkinchi qavatdagi tashrif buyuruvchilar uchun terassa 2006-yil dekabr oyida ochilgan.
Ilgari yoʻlovchilar pasportini, chiptasini va roʻyxatdan oʻtishini (xorijliklardan talab qilingan) taqdim etishlari kerak boʻlgan. Shundan keyin yoʻlovchilar roʻyxatga olish zaliga ruxsat berilgan. Elektron chiptalarning joriy etilishi va xorijliklar uchun roʻyxatdan oʻtishning bekor qilinishi bilan aeroport 2006-yil oxirida qayta tashkil etildi. Natijada roʻyxatga olish zali kengaydi va bojxona nazorati endi roʻyxatdan oʻtgandan keyin amalga oshiriladigan boʻldi.
Aeroportni kengaytirish rejalashtirilgan. Loyiha Kishinyov xalqaro aeroportining mavjud uchish-qoʻnish yoʻlagi, taksi yoʻllari, apronlar va rampalar, muhandislik ishlari, xavfsizlik uskunalari va boshqa bogʻlangan asosiy aktivlarini reabilitatsiya qilish va modernizatsiya qilish uchun 19 million yevro miqdoridagi kreditni oʻz ichiga oladi. Yevropa investitsiya banki (YIB) YTTB bilan teng miqdorda qoʻshma moliyalashtirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. 2017-yil oxiriga kelib, ikkinchi uchish-qoʻnish yoʻlagi qurilishi rejalari eʼlon qilindi. Ushbu uchish-qoʻnish yoʻlagi mavjud uchish-qoʻnish yoʻlagidan shimolda joylashgan hozirgi taksi yoʻlining oʻrnini egallaydi. Loyiha 2017-yil boshida boshlangan. 09–27 uchish-qoʻnish yoʻlagi 2018-yil 13-sentabrda ishlay boshladi.
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar Quyidagi aviakompaniyalar Kishinyov xalqaro aeroportida muntazam va charter reyslarini taklif qiladi:
Statistikasi
2022-yil Kishinyov aeroporti 2,31 million yoʻlovchiga xizmat koʻrsatdi, bu bir yil oldingiga (1,84 million yoʻlovchi) nisbatan 25% koʻpdir. YillarYoʻlovchilar soni (jami)European Airport Traffic Trends at anna.aeroOʻzgarishiParvozlar soni (jami)In 2013 Chisinau International Airport carried a record number of passengers at airport.mdOʻzgarishiYuk (tonna)Oʻzgarishi2000254 178M/E9 521M/E2 4002001274 662 8.0%9 866 3.6%1 7002002296 431 7.9%10 416 5.5%1 3002003341 695 15.2%9 502 8.7%1 3002004421 011 23.2%10 759 13.2%1 4002005482 741 14.6%11 126 3.4%1 7002006548 331 13.5%10 065 9.5%1 8002007688 782 25.6%11 623 15.4%2 3002008847 881 23.1%12 935 11.3%2 468,82009808 096 4.7%12 355 4.5%2 033,2 17.6%2010937 030 15.9%13 751 11.3%2 399,2 18.0%20111 046 086 11.6%15 022 9.2%2 666,2 11.1%20121 220 506 16.7%16 113 7.3%2 765,4 3.7%20131 321 236 8.2%16 858 4.6%2 951,8 6.7%20141 781 166 34.8%19 756 17.2%2 923,5 0.9%20152 226 441 25.0%22 468 13.7%2 891,8 1.1%20162 206 266 0.9%22 033 1.9%2 774,3 4.1%20172 744 465 24.4%27 113 23.1%3 488,7 25.7%20182 828 626 3.1%27 949 3.1%4 186,6 20.0%20192 995 530 5.9%27 092 3.1%3 767,7 10.0%2020900 731 69.9%9 870 63.6%20211 822 505 102.3%16 590 68.1%20222 254 199 23.7%19 199 15.7%2023Sîți pasageri au trecut prin Aeroportul Chișinău de la începutul anului NOI.md2 838 07325.9%24 947 29.9%2 652,62024 Aeroportul Internațional Chișinău a înregistrat un trafic de 4,1 milioane de pasageri în 2024 at point.md4 142 41846.0%
Yoʻnalishlar + Kishinyov aeroportidan haftalik reyslar boʻyicha eng gavjum xalqaro yoʻnalishlar Oʻrni Shahar Aeroport Haftalik parvozlar(2024-yil 16-iyun)Top routes from RMO Aviakompaniyalar 1. Istanbul Istanbul aeroporti 35 Turkish AirlinesFlyOne 2. Buxarest Henri Coandă xalqaro aeroporti 26 TAROMHiSky 3. Antaliya Antaliya aeroporti 22 Pegasus AirlinesFlyOneTurkish AirlinesSouthwind Airlines 4. Tel-Aviv Ben Gurion Airport 17 FlyOneHiSky 5. London London Luton aeroporti 14 FlyOneWizz Air 6. Yerevan Zvartnots xalqaro aeroporti 14 FlyOneFlyOne Armenia 7. Varshava Varshava Shopen aeroporti 13 LOT Polish Airlines 8. Vena Vena xalqaro aeroporti 13 Austrian Airlines 9. Dublin Dublin aeroporti 11 FlyOneHiSky 10. Iraklion Iraklion xalqaro aeroporti 9 FlyOne
Boshqa inshootlari Aeroport hududida Moldova Fuqaro aviatsiyasi boshqarmasining ham bosh ofisi joylashgan"Contacts ." Civil Aviation Authority. Retrieved on 4 November 2011. „Postal address: Republica Moldova, Chisinau, Aeroport, MD-2026“.
Yer usti transporti
Aeroportga qatnovchi avtobus va trolleybus yoʻnalishlari mavjud.
Baxtsiz hodisalar va falokatlar 1970-yil 15-may kuni soat 11:49 da Aeroflotning Ulyanovsk uchuvchilar malakasini oshirish bilim yurtiga qarashli Antonov An-10A CCCP-11149 samolyoti aylanib chiqish vaqtida ikkila dvigateli ham ishdan chiqib, qulab tushdi. Bortdagi 11 nafar odamning hammasi halok boʻldi. 2008-yil 11-aprel kuni Kata Air Transport 007-reysini amalga oshirayotgan Sudanning yuk tashuvchi An-32 samolyoti Antaliya orqali Venadan Xartumga uchayotganda Kishinyov aeroporti yaqinida qulab tushdi. Bortdagi sakkiz nafar odamning hammasi halok boʻldi. Samolyot dvigatelidagi nosozliklar tufayli endigina taʼmirlangan aeroportga qaytayotgan boʻlganPopeski, Ron (12 April 2008). „Cargo plane crashes after takeoff from Moldova“, Reuters . Oʻz mamlakatida jinoiy ishda qoʻzgʻatilgan va Turkiyadan Moldovaga kirishiga ruxsat berilmagan 43 yoshli Tojikiston fuqarosi Rustam Ashurov 2023-yil 30-iyun kuni chegara politsiyasi xodimidan qurolni tortib oldi va oʻt ochdi. Natijada politsiya xodimi va aeroport xafvsizligi xodimi halok boʻldi, bir necha kishi yaralandi. Qurollangan odam yaralandi va hibsga olind. U uch kundan keyin kasalxonada vafot etdi.
Qiziqarli faktlar 2019-yil moldovalik haykaltarosh Veaceslav Jiglitski yoʻlovchilarni qabul qilish zalida „Ekipaj“ haykallar turkumini yaratdi.
Aeroportga kiraverishda foydalanishdan chiqarilgan Tu-134 samolyotiga yodgorlik oʻrnatilgan.
Manbalar
Havolalar
State Administration of Civil Aviation Administration of Moldova
Turkum:Moldova aeroportlari