Los Angeles Times — bu 1881-yilda Kaliforniyaning Los-Anjeles shahrida nashr etila boshlagan gazeta. 2018-yildan beri Greater Los-Anjeles hududiga kiruvchi El Segundo shahrida joylashgan. Bu gazeta AQShdagi oltinchi eng yirik gazeta boʻlib, Gʻarbiy AQShda chop etiladigan eng katta nashr hisoblanadi. Uning chop etilgan nusxalari 118,760 boʻlsa, onlayn obunachilari soni 500,000 ga yetib, AQSh gazetalar orasida beshinchi oʻrinni egallaydi. Los Angeles Times Patrick Soon-Shiongga tegishli boʻlib, California Times tomonidan nashr etiladi. Gazeta tashkil topganidan buyon 40 dan ortiq Pulitzer mukofotini qoʻlga kiritgan.
19-asrda gazeta fuqarolar tarafdori sifatida nom qozongan va kasaba uyushmalariga qarshiligi bilan mashhur boʻlgan. Bu esa 1910-yilda uning shtab-kvartirasining portlatilishiga sabab boʻlgan. 1960-yillarda nashr Otis Chandler boshqaruvi ostida milliy yoʻnalishga oʻtib, ancha mashhur boʻlgan. Kaliforniyadagi va AQShdagi boshqa mintaqaviy gazetalar kabi, 2010-yildan boshlab uning oʻquvchilari soni kamaygan. Shuningdek, gazeta bir necha marta egalik oʻzgarishi, xodimlar qisqarishi va boshqa muammolarga duch kelgan.
2018-yilning yanvarida gazeta xodimlari kasaba uyushmasi tashkil etishga ovoz berishgan hamda 2019-yilning 16-oktyabrida oʻzlarining birinchi kasaba uyushmasi shartnomasini yakunlashgan. Gazeta 2018-yilning iyul oyida Los-Anjeles markazidagi tarixiy shtab-kvartirasidan Los-Anjeles xalqaro aeroporti yaqinidagi El Segundo shahridagi binoga koʻchib oʻtgan. 2020-yildan boshlab gazetaning mavzulari milliy va xalqaro yangiliklardan uzoqlashib, Janubiy Kaliforniya yangiliklariga yoʻnaltirilgan.
2024-yilning yanvar oyida gazeta eng katta qisqartirishni boshdan kechirgan. Xodimlarning 20% dan ortigʻi, shu jumladan yuqori darajadagi tahririyat xodimlari ishdan boʻshatilgan. Bu harakat moliyaviy yoʻqotishlarni kamaytirish va yil oxirigacha gazetaning faoliyatini davom ettirish uchun yetarli mablagʻni saqlab qolish maqsadida amalga oshirilgan. Shu orqali gazeta mintaqaviy nashr sifatida omon qolish va oʻz dolzarbligini saqlash uchun kurashni davom ettirmoqda.
Tarixi
Otis davri thumb|1910-yildagi portlashdan keyin Los Angeles Times binosi qoldiqlari thumb|Harry Chandler va Harrison Gray Otis, 1917-yilning avgustida Los Angeles Times ilk bor 1881-yil 4-dekabrda Los Angeles Daily Times nomi ostida Nathan Cole Jr. va Tomas Gardiner boshchiligida nashr etilgan. Dastlab gazeta Jesse Yarnell va T. J. Caystilega tegishli boʻlgan Mirror bosmaxonasida chop etilgan. Bosmaxona uchun toʻlovni qila olmagan Cole va Gardiner gazetani Mirror kompaniyasiga topshirishga majbur boʻlgan. Shu orada S. J. Mathes firmaga qoʻshilgan va uning talabi bilan Times nashr etishda davom etgan.
1882-yil iyul oyida Harrison Gray Otis Santa Barbara, Kaliforniyadan koʻchib kelib, gazetaning muharririga aylangan„Mirror Acorn, 'Times' Oak“, Los Angeles Times, October 23, 1923, page II-1 Access to this link requires the use of a library card.. Shu bilan birga, Otis gazetaning 1/4 ulushini $6,000 evaziga bankdan kredit olib, sotib olgan.
Tarixchi Kevin Starrning yozishicha, Otis „siyosat va jamoatchilik fikri mexanizmlaridan oʻz manfaatlari yoʻlida foydalanishga qodir biznesmen“ boʻlgan. Otisning tahririyat siyosati Los-Anjelesni maqtab, uning rivojlanishini targʻib qilgan fuqarolik qoʻllab-quvvatlashiga asoslangan edi. Shu maqsadda gazeta shahar suv taʼminotini kengaytirish uchun uzoqdagi Owens vodiysining suv huquqlarini qoʻlga kiritish saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlagan.
Times gazetasining mahalliy kasaba uyushmalariga qarshi kurashi 1910-yil 1-oktyabrda uning shtab-kvartirasining portlatilishiga olib kelgan. Bunda 21 kishi halok boʻlgan. Ittifoq yetakchilari boʻlgan James va Joseph McNamara qotillikda ayblangan. Amerika Mehnat Federatsiyasi aka-ukalarni himoya qilish uchun taniqli advokat Clarence Darrow uni yollagan, ammo aka-ukalar oxir-oqibat aybiga iqror boʻlishgan.
Otis Gordon Kaufmann tomonidan loyihalashtirilgan yangi Times shtab-kvartirasi frizining yuqori qismiga bronzadan yasalgan burgut oʻrnatgan va uning rafiqasi Eliza tomonidan yozilgan „Sobit tur, Mustahkam tur, Ishonchli tur, Haqiqiy tur.“ shiorini eʼlon qilganClarence Darrow: Biography and Much More from Answers.com at www.answers.com.
Chandler davri Otis 1917-yilda vafot etganidan soʻng, uning kuyovi va gazetaning biznes menejeri Harry Chandler Los Angeles Times nashrining bosh muharriri sifatida nazoratni oʻz qoʻliga olgan. 1944-yilda uning oʻrnini oʻgʻli Norman Chandler egallagan. Norman Ikkinchi Jahon urushidan keyingi yillarda Los-Anjelesning tez rivojlanish davrida gazetani boshqardi. Uning rafiqasi Dorothy Buffum Chandler esa fuqarolik ishlarida faol boʻlib, Los Angeles Music Center qurilishiga yetakchilik qilgan. Ushbu markazning asosiy kontsert zali uning sharafiga Dorothy Chandler Pavilion deb nomlangan. Chandler oilasining aʼzolari Hollywood Forever Cemetery qabristoniga dafn etilgan boʻlib, bu joyda Times Building portlashi qurbonlari xotirasiga yodgorlik ham mavjud.
1935-yilda gazeta yangi Art Deco uslubidagi Los Angeles Times Building binosiga koʻchib oʻtgan. Keyinchalik gazeta turli obyektlarni qoʻshib, Spring, Broadway, First va Second koʻchalari orasidagi butun shahar blokini egallagan holda Times Mirror Square nomi bilan tanilgan hududda faoliyat yuritgan. Gazetaning u yerdagi faoliyati 2018-yilgacha davom etgan. Oʻsha davrda Times-Mirror Co. prezidenti va bosh menejeri boʻlgan Harry Chandler bu binoni „shahrimiz va Janubiy Kaliforniyaning taraqqiyotining yodgorligi“ deb eʼlon qilgan.
Chandler oilasining toʻrtinchi avlod vakili Otis Chandler 1960–1980-yillar oraligʻida nashr bosh muharriri boʻlib ishlagan. Otis oilasining gazetasi uning geografik hamda madaniy tomondan uzoqda ekanligi sabab eʼtibor berilmayotgani uchun oʻzini tanitishni maqsad qilgan. U oʻz gazetasini ham mamlakatning eng nufuzli gazetalaridan, jumladan, The New York Times hamda The Washington Post kabi obroʻli nashrlardan boʻlishi istagan. „Tahririyat gazetaning yuragi“ degan qarashga asoslanib, u jurnalistlar shtatini kengaytirib, ularning ish haqini oshirgan hamda milliy va xalqaro xabarlarni yoritishni kuchaytirgan. 1962-yilda The Washington Post bilan hamkorlikda Los Angeles Times–Washington Post News Service tashkil etilgan va ushbu xizmat ikkala gazetaning maqolalarini boshqa nashrlarga yetkazib berishni yoʻlga qoʻygan. Shuningdek, Otis Chandler gazetaning avvalgi yillariga xos boʻlgan qattiq konservativ tahririyat siyosatini yumshatib, yanada markazga yaqinroq tahririy yondashuvni tanlagan.
1960-yillarda gazeta toʻrtta Pulitzer mukofotini qoʻlga kiritgan, bu esa uning oldingi toʻqqiz oʻn yillikdagi mukofotlaridan koʻproq edi.
2013-yilda Los Angeles Times jurnalisti Michael Hiltzik quyidagi fikrlarni yozgan edi:
Birinchi avlod egalari gazetani daromad olish va siyosiy-ijtimoiy taʼsir oʻtkazish maqsadida sotib olgan yoki tashkil etgan. Keyingi avlodlar ham daromad va taʼsirdan bahramand boʻlishgan, biroq oila kattalashgani sayin, faqat bitta yoki ikkita shoxobcha qudratni boshqarar, qolganlari esa faqat moliyaviy ulush olardi. Oqibatda, aksiyalar orqali foyda koʻrishga harakat qilganlar gazetadan boshqa bizneslarga investitsiya qilish foydaliroq ekanini tushunib yetishdi. Ularning bosimi ostida kompaniyalar ommaviylashdi, boʻlinib ketdi yoki butunlay yoʻq boʻldi. Aynan shu jarayon Los Angeles Times gazetasi boshidan oʻtkazgan evolyutsiyaning tipik namunasi hisoblanadi.
Gazetaning ilk tarixi va keyingi oʻzgarishlari Thinking Big nomli norasmiy tarixiy kitobda bayon etilgan boʻlib, shuningdek, David Halberstam tomonidan yozilgan The Powers That Be kitobida tahlil qilingan. 1960-yillardan 2000-yillarning oʻrtalariga qadar ushbu gazeta kommunikatsiya va ijtimoiy fanlar boʻyicha oʻttizdan ortiq ilmiy dissertatsiyalarga mavzu boʻlganProQuest Dissertation Abstracts. Retrieved June 8, 2007..
Hozirgi davr
Los Angeles Times gazetasi 21-asrning dastlabki oʻn yilligida bir qator muammolarga duch kelgan. Gazeta egalarining tez-tez almashishi, bankrotlik, muharrirlarning qisqa muddat ichida ketma-ket oʻzgarishi, xodimlar sonining qisqarishi, pullik obunachilar sonining kamayishi, veb-platformani rivojlantirish zarurati va turli mojarolar bu davrda nashrga katta taʼsir koʻrsatgan. 2024-yil yanvar oyida tahririyat moliyaviy qiyinchiliklar va obunachilarning sust oʻsishi sababli xodimlar sonining taxminan 20 foizga qisqarishini eʼlon qilgan.
Gazeta 2018-yil iyul oyida Los-Anjeles xalqaro aeroporti yaqinidagi El Segundo hududigagi yangi shtab kvartirasiga koʻchib oʻtgan.
Egalari
2000-yilda Los Angeles Times nashriyotchisi Times Mirror Company, Chicago, Illinoisdagi Tribune Company tomonidan sotib olingan. Natijada, gazeta 1985-yilda Tribune tomonidan sotib olingan, oʻsha paytda WB bilan bogʻliq (hozir esa CW bilan bogʻliq) KTLA telekanali egasi tasarrufiga oʻtgan.
2007-yil 2-aprelda Tribune Company koʻchmas mulk magnati Sam Zellning Chicago Tribune, Los Angeles Times va kompaniyaning barcha aktivlarini sotib olish boʻyicha taklifni qabul qilgan. Zell Chicago Cubs beysbol klubini sotishini eʼlon qilgan va kompaniyaning Comcast SportsNet Chicagodagi 25 foiz ulushini ham savdoga qoʻygan. Aksiyadorlarning roziligi olinmaguncha, Los-Anjelesdagi milliarderlar Ron Burkle va Eli Broad yuqori narx taklif qilish huquqiga ega boʻlib, agar ular shunday qilsa, Zell 25 million dollarlik tovon puli olishi kerak boʻlgan.
2008-yil dekabr oyida Tribune Company bankrotlikdan himoya soʻrab sudga murojaat qildi. Buning asosiy sababi reklama daromadlarining pasayishi va kompaniya xususiylashtirilgan paytda 12,9 milliard dollarlik qarzning toʻplanishi boʻlgan. Bu qarzning katta qismi Zell kompaniyani sotib olganida yuzaga kelgan.
2018-yil 7-fevralda Tribune Publishing (avvalgi Tronc Inc.) Los Angeles Times, shuningdek, The San Diego Union-Tribune va Hoy gazetalarini biotexnologiya sohasidagi milliarder sarmoyador Patrick Soon-Shiongga sotishga rozi boʻlgan. Sun-Shiongning Nant Capital investitsiya fondi orqali amalga oshirilgan ushbu xarid 500 million dollar va 90 million dollarlik pensiya majburiyatlarini oʻz zimmasiga olish evaziga amalga oshirilgan. Bitim 2018-yil 16-iyun kuni yakunlangan.
Tahririyatdagi oʻzgarishlar va ishchilarning qisqarishi
2000-yilda Baltimore Sun gazetasining sobiq muharriri Jon Carrol Los Angeles Times gazetasining obroʻsini tiklash uchun ishga olib kelingan. Carrolning Times dagi boshqaruvi davrida u 200 dan ortiq ish oʻrinlarini qisqartirgan. Biroq, operatsion foyda marjasi 20 foiz boʻlishiga qaramay, Tribune rahbarlari daromaddan qoniqish hosil qilmadilar va 2005-yilga kelib Carroll gazetani tark etgan. Uning oʻrnini bosgan Dean Baquet esa Tribune Company tomonidan talab qilingan qoʻshimcha qisqartirishlarni joriy etishdan bosh tortgan.
Baquet yirik kunlik gazeta tahririyatida ishlagan ilk afroamerikalik muharrir boʻlgan. Uning va Carrolning boshqaruvi davrida gazeta 13 ta Pulitzer mukofotini qoʻlga kiritgan, bu esa The New York Times gazetasidan keyingi eng yuqori koʻrsatkich boʻlgan. Biroq, Baquet Tribune Group talablariga javob bera olmagani uchun tahririyatdan chetlatilgan, xuddi shuningdek, nashr rahbari Jeffrey Johnson ham lavozimidan olingan. Ularning oʻrniga Chicago Tribune muharriri James OʻShea tayinlangan. OʻShea esa 2008-yil yanvar oyida nashr rahbari David Hiller bilan budjet boʻyicha kelishmovchiliklar tufayli ishdan ketgan.