Sérgio Paulo Marceneiro da Conceição (; 1974-yil 15-noyabrda tugʻilgan) – portugaliyalik professional futbol murabbiyi va sobiq futbolchi, asosan oʻng qanot hujumkor yarim himoyachisi sifatida oʻynagan. Hozirda u A Seriyaning „Milan“ klubini boshqaradi.
Sérgio faoliyati davomida u beshta mamlakatning oʻnta jamoasida oʻynagan. „Portu“ klubi tarkibida mashxurlikk erishgach, u Italiyaga koʻchib oʻtgan va u yerda uchta klub tarkibida oʻynagan. Rimning „Latsio“ jamoasi bilan ichki turnirlar va Yevropa turnirlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. U toʻrt mavsum davomida Primeira Ligada jami 97 ta oʻyin oʻtkazib, 13 ta gol urga boʻlsa, A Seriyada 136 ta oʻyin oʻtkazib, 13 ta gol urgan. Portugaliya terma jamoasi safida 56 ta oʻyinda ishtirok etggan. Bu davrda Yevro-2000 va 2002-yilgi Jahon chempionati turnirlarida mamlakat sharafini himoya qilgan.
2012-yilda Conceição murabbiy sifatida faoliyatini boshlagan. Poortugaliya oliy ligasida beshta jamoani va Liga 1 chempionatida Nant jamoasiga ustozlik qilgan. Sérgio „Porto“ bosh murabbiyi sifatida eng koʻp oʻyin oʻtkazish boʻyicha rekord qayd etgan va 11 ta sovrinni qoʻlga kiritgan. 2024-yil iyun oyida klubni tark etgan. 2024-yil dekabr oyida „Milan“ klubi bilan shartnoma imzolagan va jamoa bosh murabbiyi boʻlgan.
Boshqaruv uslubi
„Porto“dagi faoliyati davomida Conceição toʻpni ushlab turishga asoslangan, jozibali oʻyin uslubi bilan shuhrat qozongan.
Konseysao koʻpincha 4–3–2–1 sxemasidan foydalangan va uning oʻyinchilari odatda tezkor va tajovuzkor mentalitetni oʻzida mujassam etgan. U vaqti-vaqti bilan 4-4-2 usllubidagi tarkibni maydonga tushiradi; Fabio Capello bu yondashuvni quyidagicha izohlaydi: "U murabbiy sifatida „Portu“da juda yaxshi faolliyat oilib bordi, taktik va hujumkorlik borasida uning jamoasi ajoyib oʻyin namoyish etadi. Uning jamoalari mustahkam va muvozanatli, biz buni Chempionlar ligasida koʻrdik. U katta yoshli yulduz oʻyinchilar bilan ham, boʻlajak yosh oʻyinchilar bilan ham ishlashga qodir murabbiy: u hamma oʻyinchilarining eng yaxshi tomonlarini namoyon etishida yordam beradi.
Shaxsiy hayoti Coimbra munitsipal hukumati uning sharafiga mahalliy 2500 oʻrinli stadionni – Estádio Municipal Sérgio Conceição deb nomlagan. Uning besh oʻgʻli bor edi: Sérgio, Rodrigo, Moisés, Francisco va Jose; ikkinchi va toʻrtinchi oʻgʻillari uning qoʻl ostida „Porto“ klubi tarkibida oʻynagan.
Conceição COVID-19 pandemiyasi paytida moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan oʻnta oilaga „har bir uyni oziq-ovqat bilan taʼminlash“ maqsadida yordam bergann. 2020-yil dekabr oyida RTP1 telekanaliga bergan intervyusida u Xudo ishonishini va u dindor katolik ekanligini aytgan.
Faoliyat statistikasi
Club +Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtiroki va gollarKlubMavsumLigaKubokYevropaBoshqaJamiDivisionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarPenafiel1993–94Segunda Divisão30110——311Leça1994–95Segunda Divisão24321——264Felgueiras1995–96Primeira Divisão30420——324Porto1996–97Primeira Divisão2613170203821997–98Primeira Divisão308304020398Jami56961110407710Lazio1998–99Serie A3355051114471999–2000Serie A302409200434Jami63790143118711Parma2000–01Serie A2555062—367Inter Milan2001–02Serie A2311080—3212002–03Serie A19011130—331Jami42121210—652Lazio2003–04Serie A702070—160Porto2003–04Primeira Liga11011——121Standard Liège2004–05Belgiya birinchi divizioni27102150—34112005–06Belgiya birinchi divizioni25740——2972006–07Belgiya birinchi divizioni2243020—274Jami74219170—9022Qodsia2007–08Quvayt Premyer-ligasi70———70PAOK2007–08Gretsiya Superligasi70———702008–09Gretsiya Superligasi28531——3162009–10Gretsiya Superligasi600030—90Jami4153130—476Career total410564266955152668
Yutuqlar
Futbolchi Leça
Ikkinchi liga gʻolibi: 1994–95
Porto
Primeira Liga gʻolibi: 1996–97, 1997–98, 2003–04 Taça de Portugaliya kubogi sohibi: 1997–98 Kandido de Oliveyra Superkubogi: 1996
Latsio
A seriya: 1999–2000 Italiya kubogi sohibi: 1999–2000, 2003–04 Italiya Superkubogi: 1998-yil UEFA kubogi egalari kubogi sohibi: 1998–99 UEFA Superkubogi: 1999
Portugaliya
UEFA Evropa chempionati uchinchi oʻrin: 2000 18 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining ikkinchi oʻyinchisi: 1992-yil
Shaxsiy sovrinlar
Belgiya oltin butsasi sohibi: 2005
Murabbiy Porto
Primeira Liga gʻolibi: 2017–18, 2019–20, 2021–22 Taça de Portugaliya kubogi sohibi: 2019–20, 2021–22, 2022–23, 2023–24 Liga kubogi sohibi: 2022–23 Kandido de Oliveyra Superkubogi sohibi: 2018, 2020, 2022
AC Milan
Italiya Superkubogi sohibi: 2024
Shaxsiy sovrinlar
Primeira Liganing eng yaxshi murabbiyi: 2017–18 , 2019–20 , 2021–22 Primera Ligada oyning eng yaxshi murabbiyi: 2018-yil oktyabr/noyabr, 2018-yil dekabr, 2020-yil fevral, 2020-yil dekabr, 2021-yil dekabr, 2022-yil mart.
Manbalar
Havolalar
Turkum:1974-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Segunda Liga futbolchilari Turkum:Académica de Coimbra futbolchilari Turkum:F.C. Penafiel futbolchilari Turkum:Leça F.C. futbolchilari Turkum:F.C. Felgueiras futbolchilari Turkum:FC Porto futbolchilari Turkum:Serie A futbolchilari Turkum:SS Lazio futbolchilari Turkum:Parma Calcio 1913 futbolchilari Turkum:Inter Milan futbolchilari Turkum:Belgiya Pro-ligasi futbolchilari Turkum:Standard Liège futbolchilari Turkum:Quvayt Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Qadsia SC futbolchilari Turkum:Gretsiya Superligasi futbolchilari Turkum:PAOK FC futbolchilari Turkum:Portugaliya yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Portugaliya U21 terma jamoasi futbolchilari Turkum:Portugaliya terma jamoasi futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2000 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2002 oʻyinchilari Turkum:Portugaliyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Belgiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Kuvaytdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Gretsiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Portugaliyalik futbol murabbiylar Turkum:Primeira Liga murabbiylari Turkum:S.C. Olhanense murabbiylari
Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar