„Water Justice“ () – suv adolati boʻyicha Rutgerd Boelens, Tom Perreault, Jeroen Vos muharrirligida chop etilgan kitob. Bir necha muallif yozgan kitob 2018-yil Kembrij universiteti nashriyotida chop etilgan. Suv mojarolarining siyosiy iqtisodi boʻyicha ilk yirik toʻplam boʻlib, tanqidchilar tomonidan yuqori baholangan.
Kitob turli mualliflar yozgan 19 bobdan va toʻrt boʻlimdan iboratdir. Vena tabiiy resurslar va hayot fanlari universiteti xodimi Thomas Thaler kitobda turli keyslar yordamida suv adolati masalasi keng yoritilganini olqishlagan. Fordham universiteti xodimi Christiana Zenner esa kitob mualliflari suv masalalarini oʻrganish siyosiy jihatdan neytral emasligini urgʻulagani tahsinga sazovor ekanligini taʼkidlagan.
Manbalar
Havolalar „Water Justice“ Kembrij universiteti nashriyoti saytida
Turkum:Antropologiya boʻyicha kitoblar Turkum:Sotsiologiya boʻyicha kitoblar Turkum:Rivojlanish boʻyicha kitoblar Turkum:Hamkorlikda yozilgan noadabiy kitoblar