Bekzod Akmalovich Mamatqulov (Бекзод Акмалович Маматқулов) – oʻzbekistonlik tadbirkor va jamoat arbobi. BMB Holding kompaniyasi asoschisi, kuzatuv kengashi raisi.
Biografiyasi 1981-yil 4-sentyabr kuni Jizzax viloyatida tugʻilgan. 2003-yilda Toshkent yuridik universitetini tugatgan. Davlat idoralarida rahbarlik lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2017-yilda BMB Trade Group investitsion shirkatiga asos solgan. Keyinchalik shirkatning nomi BMB Holding deb oʻzgartirilgan.
2021-yilda oʻz shirkati homiyligida „BMB“ futzal klubini taʼsis etgan va 2024-yil 25-dekabrgacha klub prezidenti boʻlgan. Shu kuni prezidentlikni Aziz Mamatkulovga topshirgan.
2021-yilda futzal boʻyicha yoshlar oʻrtasida oʻtkazib kelinayotgan BMB kubogi musobaqasiga asos solgan.
2024-yil 25-dekabr kuni Oʻzbekiston futzal federatsiyasiga prezident etib saylandi.
2026-yildan hozirgacha Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi ijroiya qoʻmitasining aʼzosi. Mukofotlari 2022-yil 19-avgustda „Faol tadbirkor“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
2023-yil 18-avgustda Oʻzbekistonda tadbirkorlar kuni munosabati bilan, Prezident farmoniga muvofiq, Doʻstlik ordeni berilgan.
Manbalar
Havolalar Bekzod Mamatkulov Facebook sahifasi
Turkum:Oʻzbekiston futboli funksionerlari