Abu al-Qosim Muhammad ibn al-Ash’as ibn Qays al-Kindiy () (686-yilda vafot etgan) otasi al-Ash’as ibn Qaysdan keyin Kufadagi Kinda qabilasiga rahbarlik qilgan. Iroqdagi Umaviylar noibi Ubaydulloh ibn Ziyodning qoʻl ostida Tabariston hokimi, keyinroq Umaviylarga qarshi xalifa Abdulloh ibn az-Zubayr davrida Mosul hokimi boʻlib xizmat qilgan. 686-yilda Harura jangida Kufadagi Aliylar tarafdorlari rahbari Muxtor as-Saqafiyga qarshi Iroq hokimi va Mus’ab ibn az-Zubayr tarafida turib jang qilgan va oʻsha jangda halok boʻlgan.
Hayoti Muhammad ibn al-Ashʼas Kufadagi Kinda qabilasi boshligʻi al-Ash’as ibn Qaysning oʻgʻli boʻlgan. 661-yilda otasining vafotidan keyin uning oʻrniga ushbu qabilaga rahbarlik qilgan. Onasining ismi – Ummu Farvo. Muhammad Kufaning taniqli janubiy arab zodagonlaridan biri Said ibn Qays al-Hamdaniyning qizi Ummu Amrga uylangan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Mosuldagi Umaviylar hokimlari Turkum:686-yilda vafot etganlar Turkum:Umaviylar xalifaligi hokimlari Turkum:Ikkinchi fitnada ishtirok etgan kishilar