Marat Talgat oʻgʻli Omarov (; 1988-yil 20-sentyabr kuni, Semeyda tugʻilgan) – Qozogʻiston Respublikasi Raqobatni himoya qilish va rivojlantirish agentligi raisi va Qozogʻiston futbol federatsiyasi prezidenti.
Biografiyasi
Taʼlim 2010-yilda „Bolashak“ dasturi boʻyicha Britaniyaning York universitetini, 2011-yilda esa London iqtisodiyot va siyosatshunoslik maktabini (LSE) tamomlagan. „Ijtimoiy fanlar magistri“ mutaxassisligini olgan.
Ish faoliyati 2012—2014-yillarda – Qozogʻiston Respublikasi Iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirining maslahatchisi (keyinchalik – Iqtisodiyot va byudjetni rejalashtirish, xalq xoʻjaligi).
2014—2016-yillarda – Qozogʻiston Respublikasi Milliy iqtisodiyot vazirligi Tarif va institutsional siyosatni shakllantirish departamentida direktor oʻrinbosari.
2016—2017-yillarda – „Qozoqtelekom“ AK boshqaruvchi direktori.
2017—2019-yillarda – „Texnologik rivojlanish milliy agentligi“ AJ boshqaruvi raisi, oʻzgartirilgandan soʻng – „QazTech Ventures“ AJ („Bayterek“ NBH AJ tarkibiga kiritilgan) boshqaruvi raisi.
2019—2020-yillarda – „Bayterek“ xoldingining boshqaruvchi direktori – boshqaruv aʼzosi.
2020-yildan – Raqobatni himoya qilish va rivojlantirish agentligi raisi oʻrinbosari.
2022-yil 16-avgustda Qozogʻiston Respublikasi Raqobatni himoya qilish va rivojlantirish agentligi raisi etib tayinlanganMarat Talgʻatұli Omarov.
2024-yil 20-dekabrdan Qozogʻiston futbol federatsiyasiga prezident sifatida saylangan.
Manbalar
Turkum:1988-yilda tugʻilganlar Turkum:20-sentyabrda tugʻilganlar Turkum:Semeyda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Qozog‘iston davlat arboblari Turkum:Qozog‘istonlik futbol amaldorlari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar