Nodir Bahodirovich Eliboyev (Нодир Баҳодирович Элибоев) – oʻzbekistonlik futzalchi. 2025-yildan Futzal boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi.

Futboldagi faoliyati 1983-yil 2-oktyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. 2005-yilda „Naytov“ havaskor jamoasi tarkibida mini-futbol boʻyicha Oʻzbekiston kubogida ishtirok etgan. Keyinchalik, „Stroitel Zarafshon“ klubiga qabul qilingan. 2007-yilda „Paxtachi“ futzal klubiga oʻtgan va koʻp oʻtmay, „Stroitel Zarafshon“ klubiga qaytgan. 2009—2011-yillarda „Bunyodkor“ klubida, 2011—2012-yilgi mavsumda „Ardus“ klubida, 2012—2013-yillari „Lokomotiv“ klubida toʻp tepgan. 2013—2014-yilgi mavsumni esa Qozogʻistonning „Oʻzenmunaygaz“ jamoasi tarkibida oʻtkazdi. 2014-yilda „Doʻstlik-AIN“ jamoasi boshligʻi Xolbek Yoʻldoshev taklifi bilan ushbu jamoaga qoʻshildi. 2015-yilda Toshkentning „Ardus“ klubiga qaytgan. José María Méndez taklifi bilan milliy futzal terma jamoasiga chaqirilgan.

Toshkent shahrida oʻtgan 2010-yilgi va 2016-yilgi jahon chempionatlarida milliy terma jamoa safida oʻynagan.

Murabbiylik faoliyati 2016-yilda murabbiylik faoliyatini boshladi. „Ardus“ jamoasida katta murabbiy lavozimida ishladi. 2021-yildan 2025-yilgacha „BMB“ klubi bosh murabbiyi.

2025-yil 14-fevral kuni Futzal boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Yutuqlari Futzal boʻyicha 2010-yilgi Osiyo chempionatida kumush medal sohibi boʻlgan.

Futzal boʻyicha 2016-yilgi jahon chempionatida kumush medal sohibi boʻlgan.

2024-yilda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan „yilning eng yaxshi futzal murabbiyi“ deb topilgan.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston futzalchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futzal boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi futbolchilari