Mohd Faiz bin Subri (1987-yil 8-noyabrda tug‘ilgan) — malayziyalik professional futbolchi bo‘lib, Malayziya Superligasining Penang jamoasi hujumchisi hisoblanadi. U 2016-yilda FIFA Puskás mukofotini qo‘lga kiritishiga sabab boʻlgan jarima zarbasi bilan tanilgan.
Yoshligi
Faiz Kedahning Ayer Hitam shahrida tug‘ilib o‘sgan. U oilada besh farzandning uchinchisi hisoblanadi. Mohd boshlang‘ich va o‘rta ta’limni Kedahda Sekolah Kebangsaan Tengku Laksamana va Sekolah Menengah Kebangsaan Permatang Bonglai maktablarida olgan, keyinchalik esa Perlisdagi Sekolah Menengah Teknik Arau maktabida ta'limini davom ettirgan.
Klublardagi faoliyati
Kedah, Tambun Tulang, Perlis, T–Team
Mohd Faiz 2006-yilda Kedah yoshlar jamoasida futbolchilik faoliyatini boshlagan. 2009-yilda u Tambun Tulang FAM Ligasi jamoasi bilan shartnoma imzolagan. Faiz bu jamoada bir mavsum davomida 14 ta liga o‘yini o‘tkazgan va 6 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan. Tambun Tulang, shuningdek, Perlis jamoasi sharafini 2009-yilgi Piala Emas Raja-Raja turnirida himoya qilgan.
2010-yilda Faiz Malayziya Superligasi jamoasi Perlis bilan shartnoma imzolagan. U Perlisda ikki mavsum o‘ynagan, keyin T–Teamga o‘tgan va jamoa bilan bir yillik shartnoma imzolagan.
Kelantan, Terengganu
2013-yilda Faiz Kelantan FA bilan bir yillik shartnoma imzolagan va u yerda sobiq jamoadoshi Zairo Anuar bilan birga o‘ynagan. Faiz Kelantan safida Vyetnamning SHB Đà Nẵng jamoasiga qarshi o‘yinda AFC Kubogi guruh bosqichida bir gol urgan. Faiz 2013-yilgi mavsum yakunida jamoani tark etishidan avvalgi soʻnggi mavsumida Kelantan safida 28 o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
2014-yilda Faiz Terengganu FA bilan bir yillik shartnoma imzolagan va bu jamoada 14 o‘yinda 1 gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Penang
Terengganu FAdagi faoliyatini tugatganidan so‘ng, Faiz Terengganu FAdagi jamoadoshi Mazlizam Mohamad bilan birgalikda Penang FA futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. U Penang FA jamoasiga 2015-yilgi Malayziya Premyer Ligasida ikkinchi o‘rinni olishiga yordam bergan va jamoa 2016-yilda Malayziya Superligasiga ko‘tarilgan.
Kuala Kangsar
2021-yil mart oyida Faiz Kuala Kangsar FC jamoasiga bilan shartnoma imzolagan va ushbu jamoada faoliyatini davom ettirgan.
Penangga qaytish
2022-yilda u ikkinchi marta Penang safida o‘ynash uchun jamoaga qaytgan.
Xalqaro faoliyati
Faiz Malayziya milliy futbol terma jamoasiga birinchi marotaba 2012 va 2013-yillarda K. Rajagopal murabbiyligi davrida chaqirilgan, lekin ikkala chaqiruvda ham maydonga tushmagan. 2015-yilda Penangdagi kuchli o‘yini ortidan u Dollah Salleh murabbiyligidagi milliy terma jamoa safiga yana chaqirilgan.
O‘yin uslubi
Faiz samarali hujumkor yarim himoyachi bo‘lib, qanot himoyachisi yoki hujumchi sifatida ham o‘ynashi mumkin. Uning kuchli tomonlariga tezligi, uzoq masofaga aniq zarbalar berishi va jamoadoshlariga uzatma berish qobiliyati kiradi. Faiz ayniqsa ajoyib jarima zarbalari bilan tanilgan.
2016-yilgi FIFA Puskás mukofoti
2016-yil 16-fevralda Faiz George Town shahridagi City Stadiumda Pahang FA jamoasiga qarshi o‘yinda (4:1) jarima zarbasidan gol urgan. Uning jarima zarbasi videosi tez orada ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan va Malayziya Futbol Assotsiatsiyasi uni oʻsha yilgi FIFA Puskás mukofoti uchun nomzod sifatida ko‘rsatgan.
2017-yilda Faiz ushbu jarima zarbasi uchun FIFA Puskás mukofotini qo‘lga kiritgan. Faiz ushbu xalqaro mukofotni qo‘lga kiritgan birinchi osiyolik futbolchiga aylangan.
Statistikasi Klublarda 2018-yil 18-iyul holatiga ko‘ra JamoaMavsumLigaFA CupMalaysia CupXalqaroUmumiyIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarIshtirokGollarTambun Tulang2009146–146Perlis20101321083–225Perlis201121310–223T–Team20122694161–3611Kelantan2013152326041285Terengganu2014910050–141Penang201521921–2310Penang201616210–172Penang201720220–222Penang201816300–163 Umumiy243391442544127248 Manbalar
Turkum:1987-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:FIFA Puskás mukofoti sohiblari Turkum:Malayziya Superligasi futbolchilari Turkum:Perlis F.A. futbolchilari Turkum:Terengganu F.C. II futbolchilari Turkum:Perlis United F.C. futbolchilari Turkum:Kelantan F.C. futbolchilari Turkum:Terengganu FC futbolchilari Turkum:Penang F.C. futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar