Muzaffargarh () – Pokistonning Panjob viloyatidagi shahar. Chinob daryosi boʻyida joylashgan, Muzaffargarh tumani maʼmuriy markazi. Aholi soni boʻyicha Pokistonning 39-eng yirik shahri.
Tarixi Hind vodiysi tamadduni davrida Muzaffargarh mintaqasi qishloq xoʻjaligi va oʻrmon hududi boʻlgan. Vedalar davriga kelib Panjob viloyatiga Hind-oriy madaniyati kirib kelgan. Vaqt oʻtishi bilan ushbu qadimiy shahar va atrofidagi hudud bir qancha tamaddunlar – kambojalar, daradalar, kekayalar, madralar, pauravalar, yaudheyalar, malavalar hamda kurular markaziga aylangan.
Miloddan avvalgi 331-yilda Ahamoniylar davlatining qulashi ortidan hozirgi Panjob viloyati hududiga 50 ming kishilik armiyasi bilan Aleksandr yurish qilgan. Turli davrlarda Muzaffargarh hududi Maurya imperiyasi, Hind-yunon podsholigi, Kushon podsholigi, Guptalar davlati, Oq hunlar, Eftaliylar, Turkshohiylar hamda Hindshohiylar tomonidan boshqarilgan.
Milodiy 997-yil Gʻaznaviylar davlatida hokimyatni oʻz qoʻliga olgan Sulton Mahmud Gʻaznaviy 1005-yilda Kobuldagi Shohiylarni zabt etadi va Panjob viloyati ustidan nazorat oʻrnatadi. Keyinchalik ushbu hudud Dehli sultonligi va Boburiylar davlati hukmronligiga oʻtgan. Boburiylar davrida bu hududga missioner soʻfilar kelishi bilan asosan musulmon aholisi shakllangan. Ularning dargohlari haligacha bu hududda mavjud.
Boburiylar davlati tanazzuli ortida sikhlar Muzaffargarh tumanini zabt etgan. 1848-yilda esa Britaniya hukmronligiga oʻtgan.
Shaharga asos solinishi 1794-yil Moʻlton hokimi Navob Muzaffarxon Muzaffargarh shahriga asos solgan. Muzaffargarh soʻzi „Muzaffar qal’asi“ degan maʼnoni bildiradi, chunki tarixiy tuman hokim qurdirgan qal’a devorlari ichida joylashgan. 1864-yil Muzaffargarh tumani markaziga aylanadiDistrict Profile: Southern Punjab- Muzaffargarh.
Bu joy Kala Pani (Qora suv) deb ham ataladi, chunki u Hind va Chinob daryolari orasida joylashgan. Britaniya davrida koʻpriklar qurilib, atrof hududlar bilan bogʻlangan.
1947-yildagi mustaqillik Pokiston mustaqillik harakati davrida musulmon aholi Musulmon ligasi va Pokiston harakatini qoʻllab-quvvatlagan. 1947-yil Pokiston mustaqillikka erishgach, kam sonli hindlar va sikhlar Hindistonga koʻchib oʻtgan, hindistonlik musulmon qochqinlar esa Muzaffargarhga joylashgan.
Geografiyasi va iqlimi
Muzaffargarh maydoni va sharqda Chinob daryosi, gʻarbda Hind daryosi orasida chiziqqa oʻxshash hududni tashkil qiladi. Dengiz sathida balandlikda. Ikki daryo orasida joylashgani tufayli Muzaffargarh 2010-yilgi toshqinlarda katta zarar koʻrgan. Shahar deyarli Pokistonning geografik markazida joylashgan. Eng yaqin yirik shahar – Moʻlton. Shahar atrofi tekis allyuvial tekisliklardan iborat boʻlib, sitrus mevalar va mango bogʻlari uchun juda mosdir. Tumandagi fermalarni suv bilan taʼminlaydigan sugʻorish kanallari ham bor. Musson mavsumida Chinob daryosiga yaqin hududlarda suv toshqinlari boʻladi.
Iqlimi Muzaffargarh arid iqlimga ega boʻlib, yoz juda issiq va qish yumshoq oʻtadi. Shahar Pokistondagi eng ekstremal ob-havosi kuzatilgan hududlardan biridir. Eng yuqori harorat taxminan , eng past harorat esa boʻlgan. Oʻrtacha yogʻingarchilik miqdori taxminan tashkil etadi. Shahar hududida chang boʻronlari tez-tez kuzatiladi.
Madaniy meros obyektlari Tohirxon Nahar maqbarasi Shayx Sadon shahid maqbarasi
Transporti Muzaffargarh bir necha turdagi transport vositalari yordamida boshqa shaharlar bilan bogʻlangan.
Avtomobil yoʻli Shahar tumanning qolgan qismi bilan umumiy uzunligi boʻlgan asfaltlangan yoʻl bilan bogʻlangan. Moʻltonga avtobuslar tez-tez qatnaydi, chunki ular bir-biriga yaqin joylashgan. Uzoq manzillarga qatnaydigan avtobuslar ham bor. N-70 milliy avtomagistrali shaharni Pokistonning qolgan qismi bilan bogʻlaydi. Ushbu avtomagistral orqali Islomobod, Faysalobod, Karachi, Lohur va Baxavalpurga toʻgʻridan-toʻgʻri borish mumkin.
Temir yoʻl Muzaffargarh Pokistonning barcha qismlari bilan temir yoʻl orqali bogʻlangan, chunki u Moʻlton, Miyonavali va Attok oʻrtasidagi tarmoqli yoʻl boʻyida joylashgan. Peshovar-Karachi asosiy temir yoʻl liniyasi Moʻlton tumani orqali oʻtadi.
Kanallari Muzaffargarhda ikkita – Muzaffargarh va Ganesh Wah sugʻorish kanali bor.
Elektr stansiyalari Muzaffargarh AES The Wall Street Journal maʼlumotlariga koʻra, Pokiston Atom energiyasi komissiyasi (PAEC) Muzaffargarhda uchta yadro reaktorini oʻrnatishni rejalashtirgan. Muzaffargarh AES 1100 megavatt quvvatga ega boʻladi.
Muzaffargarh IES Muzaffargarhda 1350 MVt quvvat ishlab chiqaruvchi 3 ta elektr blogi mavjud. Elektr stansiyasi yoqilgʻi asosida ishlaydi, biroq Rossiya kompaniyasi termal bloklarni ishga tushirish uchun import qilingan koʻmir yetkazib berish boʻyicha kelishuv imzolagan. Dastlab, elektr stansiyasini modernizatsiya qilish Xitoy—Pokiston iqtisodiy yoʻlagi loyihalariga kiritilgan edi, ammo 2017-yilda Xitoy nomaʼlum sabablarga koʻra uni kelishuvdan chiqarib tashladi. Elektr stansiya shaharning asosiy markazidan taxminan 11 km (6,8 mil) uzoqlikda joylashgan.
Diqqatga sazovor joylari Fayyoz parki Fayyoz parki Muzaffargarhning markazida joylashgan va shahardagi yagona park hisoblanadi. Park shaharning sobiq hokimi Fayyoz Bashir sharafiga nomlangan. Yaqinda park oilaviy hordiq chiqarish uchun yangilangan va foydalanishga tayyor holga keltirilgan. Fayyoz parki Katchehry Chowk yaqinida, Milliy Bank shahar filialining yonida joylashgan. Park joylashgan hudud ilgari hokimning rezidensiyasi boʻlgan.
Mashhur kishilari Navob Muzaffarxon, Muzaffargarh asoschisi Sardor Kaurexon Jatoi, Ijtimoiy xizmatlari bilan tanilgan shaxs Mushtaq Ahmed Gurmaniy, Gʻarbiy Pokistonning sobiq rahbari Navobzoda Nasrulloxon, Pokistonning taniqli siyosiy arbobi Hina Rabboniy Xor, sobiq TIV va Pokistonning birinchi ayol tashqi ishlar vaziri Gʻulom Mustafo Xor, Panjobning sobiq hokimi va bosh vaziri Gʻulomnur Rabboniy Xor, siyosatchi Sulton Mehmud, siyosatchi Jamshed Dasti, siyosatchi Azhar Husayn, kurashchi
Manbalar
Havolalar
Muzaffargarh veb-sayti
* Turkum:Pokiston shaharlari