Dmitriy Nikolayevich Abakumov (1989-yil 8-iyulda Voronejda tugʻilgan) — rossiyalik futbolchi, darvozabon pozitsiyasida oʻynaydi. 2016-yilda Rossiya sport ustasi unvoniga sazovor boʻlgan.

Faoliyati Klub Dmitriy futbol bilan oʻz tugʻilgan shahri Voronejning „Fakel“ jamoasi va „Rudgormash“ bolalar-oʻsmirlar sport maktabida shugʻullana boshlaganSportivniy ejenedelnik „Igrok“ № 22(886), 9-16 iyunya 2011, str. 2 — Dmitriy Abakumov: „Vsyo reshila moya oshibka“ i Oleg Gerasimenko: "Glavnoe — pobeda „Fakela“". 2007-yil qishida SSKAga oʻtgan, ikki mavsum davomida klubning yoshlar jamoasida toʻp surgan. 2009, 2010 va 2011—2012-yilgi mavsumlarni birinchi divizionda oʻynagan „KAMAZ“ klubi safida oʻtkazgan. Bu jamoa tarkibida 35 ta oʻyinda maydonga tushib, darvozasidan 37 ta gol oʻtkazib yuborgan. 2012-yil 28-iyunda „Mordoviya“ jamoasining futbolchisiga aylangan. 17-sentyabr kuni „Krilya Sovetov“ga qarshi oʻyinda (2:3) Premyer-ligadagi debyutini oʻtkazgan. 2014-yil 8-fevralda „Orenburg“ jamoasi tarkibiga oʻtgan. Transfer summasi 200 ming yevroni tashkil etgan. Uch yil davomida klubning asosiy darvozaboni boʻlib xizmat qilgan. 2016-yilda FNL kubogini qoʻlga kiritib, Premyer-ligaga koʻtarilgan hamda FNLda 2015—2016-yilgi mavsumning eng yaxshi darvozaboni deb tan olingan. 2014—2015-yilgi Rossiya kubogi yarim finaliga chiqqan. 2017-yil dekabr oyida tomonlarning oʻzaro kelishuviga koʻra, klub bilan shartnomani bekor qilgan. Konsovku sezona-2017/18 provyol v „Luche-Energii“. Letom 2018 goda perebralsya v klub „Арарат-Армения“. 2017—2018-yilgi mavsumning soʻnggi qismini „Luch-Energiya“ tarkibida oʻtkazgan. 2018-yilning yozida „Ararat-Armeniya“ klubiga oʻtgan.

2023-yilning 1-iyulida Yerevanning „Urartu“ jamoasi safiga qoʻshilgan.

Terma jamoa 2011-yil noyabr oyida Abakumov FNL terma jamoasi safida Italiya B seriyasi terma jamoasiga qarshi oʻtkazilgan oʻyinda ishtirok etgan (1:2).

2012-yil 1-avgustda Abakumov Rossiya yoshlar terma jamoasiga Belgiya yoshlar terma jamoasi bilan oʻrtoqlik uchrashuviga (4:0) taklif etilgan, biroq u oʻyinda maydonga tushmagan.

Dmitriy Rossiyaning turli yosh toifalaridagi (16 yoshgacha, 17 yoshgacha, 18 yoshgacha va 19 yoshgacha) terma jamoalari tarkibida oʻynagan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari Turkum:FC KAMAZ Naberejniy Chelniy futbolchilari Turkum:FC Mordovia Saransk futbolchilari Turkum:FC Orenburg futbolchilari Turkum:PFK SSKA Moskva futbolchilari Turkum:FC Luch Vladivostok futbolchilari Turkum:FC Fakel Voronezh futbolchilari Turkum:FC Ararat-Armenia futbolchilari Turkum:Rossiya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Rossiya birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Armaniston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Armanistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Rossiya yoshlar milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari