Rodrigo Martins Gomes (2003-yil 7-iyulda tugʻilgan) – portugaliyalik futbolchi, qanot himoyachisi. Angliyaning Wolverhampton klubi va Portugaliya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.
Klublardagi faoliyati
Braga Póvoa de Varzim shahrida tugʻilgan. Braga akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2020-yil 3-oktyabr kuni Tondela klubiga qarshi oʻyinda (4:0) Fransérgio oʻrniga maydonga tushgan. 14-dekabr kuni Braga Portugaliya kubogining toʻrtinchi raundida Olímpico do Montijo klubini 7-0 hisobida magʻlub etgan oʻyinning 69-daqiqasida Luri Medeiros oʻrniga maydonga tushgan.
2021-yil 19-iyulda Gomes klub bilan shartnomasini 2026-yilgacha uzaytirgan va uning tovon puli 35 million etib belgilangan. Oʻrinbosarlar tarkibidagi bir mavsumdan soʻng, asosiy jamoa tarkibiga oʻtgan. 2022-yil 21-avgustda Estádio Municipal de Braga stadionida Maritimo jamoasiga qarshi oʻtkazilgan bahsda jamoa safidagi ilk golini urgan. Mazkur oʻyin Braganing 5:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlangan.
2023-yilning 4-avgustida Braga Gomesni Estoril Praia klubiga bir mavsumga ijaraga berganini eʼlon qilgna. Toʻrt kundan soʻng Estoril futbolchini ijaraga olganini rasman eʼlon qilgan. Estorilda Rodrigo, asosan, oʻng qanot himoyachisi pozitsiyasida oʻynagan.
Wolverhampton Wanderers 2024-yil 12-iyun kuni Braga prezidenti António Salvador klub Rodrigo Gomesning transferi boʻyicha Premyer-liga vakili Wolverhampton bilan kelishuvga erishganini tasdiqladi. Klub va futbolchi oʻrtasida 2029-yilgacha shartnoma imzolangan. Shartnoma qiymati 12,7 million funt sterling ekanligi maʼlum qilingan. Terma jamoalardagi faoliyati Portugaliyaning 16, 17 va 18 yoshgacha boʻlgan terma jamoalari tarkibida toʻp surgan. Manbalar
Turkum:Angliyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Angliyadagi portugaliyalik muhojir sportchilar Turkum:Angliya Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Primeira Liga futbolchilari Turkum:Wolverhampton Wanderers F.C. futbolchilari Turkum:G.D. Estoril Praia futbolchilari Turkum:S.C. Braga futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak qanot himoyachilari Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:Portugaliya U21 terma jamoasi futbolchilari Turkum:Portugaliya yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:Portugaliyalik erkak futbolchilari Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:2003-yilda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar