Milen Radukanov (, 1972-yil 12-dekabr, Vidin, Bolgariya) — bolgariyalik sobiq futbolchi.
Murabbiylik faoliyati
CSKA Sofiya 2010-yilda Radukanov CSKA Sofiya klubining yordamchi murabbiyi va ruminiyalik bosh murabbiy Ioan Andone uchun tarjimon sifatida tayinlangan. Shu sababli Radukanov „bolgariyalik José Mourinho“ nomi bilan tanilgan. Keyinchalik Radukanov Adalbert Zafirov, Pavel Dochev va Gjore Jovanovskining murabbiylar shtabiga qoʻshildi. 2010-yil 21-oktyabrda Radukanov CSKAning vaqtinchalik bosh murabbiyi etib tayinlandi. Uning rahbarligida klub ajoyib natijalar koʻrsatdi, bu esa uning doimiy bosh murabbiy lavozimiga tayinlanishiga sabab boʻldi. Radukanovning yordamchilari (jamoa sardori) Todor Yanchev va Svetoslav Petrov edi. Radukanov PFC CSKA Sofiani klubini liga jadvalida 11-oʻringa koʻtardi. Radukanov mavsumning oxiriga kelib klubni 3-oʻringa koʻtarishga erishdi, shuningdek, oʻsha yili Bolgariya kubogi va Bolgariya Superkubogini ham qoʻlga kiritdi. 2011-yil oktyabr oyida Radukanov „Abadiy derbi“ (Abadiy derbi – Sofiyaning eng mashhur ikki klubi boʻlgan Levski Sofiya va CSKA Sofiya oʻrtasida oʻtkaziladigan futbol oʻyinining nomidir) oʻyini arafasida oʻzaro kelishuvga asosan bosh murabbiy lavozimini tark etdi.
Botev Plovdiv 2011-yil 28-oktyabrda Bolgariyaning B PFG ligasida ishtirok etuvchi Botev Plovdiv futbol klubi oʻzining rasmiy veb-saytida Milen Radukanov bilan klub bosh murabbiyi lavozimini egallash boʻyicha kelishuvga erishgani haqida maʼlumot berdi. 2012-yil aprelida Radukanov Etar Veliko Tarnovo klubi bilan durang oʻynagandan soʻng Botev Plovdiv klubining bosh murabbiyi lavozimidan ozod etildi. Botev Plovdiv klubi 2013-yilning 11-martida Miodrag Ješić bilan xayrlashganidan keyin Radukanov CSKA Sofiya bosh murabbiyi etib qayta tayinlangan. Uning CSKA Sofiyadagi ikkinchi bosh murabbiylik davri faqatgina mavsum oxirigacha davom etdi, xolos.
Slavia Sofiya Shuningdek, Radukanov 2013-yilning oktyabridan 2014-yilning sentyabrigacha Slaviya Sofiya klubini boshqargan.
Yutuqlari
Futbolchi CSKA Sofiya
Bolgariya kubogi: 1993
Levski Sofiya
Bulgar kubogi: 1998
Murabbiy CSKA Sofiya
Bolgariya kubogi: 2010–2011 Bolgariya Super kubogi: 2011
Murabbiylik statistikasi KlubBoshlanish SanasiTugash sanasiAPFGOʻGʻDMGol urganGol oʻtkazganGol+/-Gʻalaba %CSKA Sofiya2010-yil 21-oktyabr25-oktyabr 20113023436320 +4376.66Botev Plovdiv2011-yil oktyabr2012-yil mart11542127 +554.55CSKA Sofiya2013-yil mart141022259 +1671.43
Manbalar
Havolalar
Turkum:Erkak futbol himoyachilari Turkum:Bolgariyalik erkak futbolchilar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1972-yilda tugʻilganlar Turkum:Gretsiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Bolgariyalik muhojir erkak futbolchilar