Maextro S800 – Xitoyning yirik IT kompaniyasidan biri boʻlmish Huawei hamda JAC avtomobilsozlik kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan F sinfiga mansub boʻlgan hashamdor elektromobil.

Tarixi Huawei kompaniyasi 2021-yilda Seres kompaniyasi bilan birgalikda Aito subbrendi taqdim etadi. 2023-yilda Chery kompaniyasi bilan birgalikda Luxeed subbrendi namoyish etiladi. 2023-yilda Huawei kompaniyasi Xitoyda elektromobillar ishlab chiqarish uchun HIMA () konsorsiumini tuzadi va ushbu subbrendlar bitta kompaniya tarkibiga kiradi . 2024-yilda BAIC kompaniyasi bilan birgalikdagi Stelato subbrendi taqdimoti boʻlib oʻtadi. 2024-yil avgust oyida Huawei kompaniyasining aqlli avtomobillar boʻlimi raisi Yu Chengdong JAC bilan birgalikda yaratilgan Maextro brendi tashkil etilgani haqida maʼlum qildi. Yu Chengdongning soʻzlariga koʻra, Maestro Maybach va Rolls-Royce avtomobillari bilan raqobatlashadi. Huawei avtomobillar uchun dasturiy taʼminotni ishlab chiqsa, avtomobil ishlab chiqaruvchilari esa avtomobil platformalarni ishlab chiqaradi.

Taqdimot

Yangi model 2024-yil 26-noyabr kuni Huawei Mate taqdimoti paytida taqdim etildi .

Texnik koʻrsatkichlari

Avtomobilning uzunligi 5480 mm, kengligi 2000 mm, balandligi 1536 mmni, gʻildiraklar bazasi esa 3370 mm ni tashkil qiladi.

Eksteryer

Maextro logotipi olmos koʻrinishida ishlangan boʻlib, yulduzlarga taqlid qiluvchi svetodiodlar avtomobil tashqarisi va ichki bezaklarida keng qoʻllanilib, ular faralar, chiroqlar va hatto eshik tutqichlarida ham oʻrnatilgan .

Uch qavatdan iborat boʻlgan old tomonidagi optika faralari Rolls-Roysdan ilhomlangan holda ishlangan. Faralar bumerangsifat shaklda ishlangan. Markaziy optikada ham xarakterli „sariq nuqta“lar mavjud boʻlib, ular „yulduzli osmon“ naqshini aks ettiradi. Radiator panjarasi oʻrniga yopiq old panel oʻrnatilgan. Panjaraning oʻzi pastga tushirilgan va old bamperning ustida joylashgan. Tom qismida esa lidarni oʻrnatilgan boʻlib, aqlli yordamchi ishlashiga yordam beradi .

Interyer

Avtomobil saloniga oid maʼlumotlar toʻliq ochiqlamagan. Oʻrindiqlar soni 4 tani tashkil etadi. Avtomobilning tom qismida lyuk yoki panorama mavjud emas.

Narxi

Maextro S800 Xitoyning hashamatdor sedanlar sinfiga taalluqli eng qimmat avtomobili boʻladi. Minimal komplektatsiyadagi elektromobil 138 ming dollar, maksimal komplektatsiyadagi esa 207 ming dollar sotilishi kutilmoqda. Taqqoslash uchun, Xitoyda Mercedes-Maybach S-Class narxi 202 ming dollardan boshlanadi. S800 sotuvi 2025-yil oʻrtalarida boshlanadi .

Galereya

Yana qarang

Mercedes-Benz S-Class

Havolalar

HIMA kompaniyasining rasmiy sayti

Manbalar

Turkum:Xitoy avtomobil brendlari Turkum:Xitoy avtomobillari