Breffu 1733-yilda Daniya G‘arbiy Hindistonidagi Sent-Jon orolida (oʻsha paytda Sankt-Yan deb atalgan) qullar qoʻzgʻoloni paytida akvamu qabilasiga yoʻlboshchilik qilgan. 1734-yilda qoʻzgʻolon magʻlubiyatga uchrashi aniq boʻlib ulgurganda, Breffu dushman qoʻliga asir tushmaslik uchun oʻzining 23 nafar sherigi bilan oʻz joniga qasd qilishgan.
Sankt-Yandagi qullar qoʻzgʻoloni Breffu Pieter Krøyerga tegishli Koral-Beydagi plantatsiyada ishlaydigan qul ayol boʻlgan. 1733-yil 23-noyabrda Frederiksvarn qal’asidan otilgan toʻp ovozini eshitgach, Breffu xoʻjayinning uyiga kirib, Krøyer va uning xotinini oʻldirdi. Uyda saqlanayotgan barcha oʻq-dori va qurol-yarogʻlarni olib, hamrohi – qul Christian bilan birga Van Stell oilasining uyiga yoʻl oladi hamda u yerda uch nafar oila aʼzosini oʻldiradi. Baʼzi quldorlar qayiqlarda oroldan qochib qutulishga erishishgan, shu paytda akvamu xalqi vakillari orolning katta qismini nazorat ostiga olgan. Breffu boshchiligidagi qoʻzgʻolonchilar 1734-yil boshigacha plantatsiyalarni muvaffaqiyatli egallab olishgan. Shunda fransuzlar daniyaliklar bilan birlashib, orolni qayta nazorat ostiga olish uchun harakat boshlashgan. Breffu asir tushmaslik uchun oʻzini oʻldiradi. Bu voqea 1734-yilning aprel yoki may oyida sodir boʻlgan. Uning jasadi Browns Bayda yana 23 nafar isyonchining jasadlari bilan birga topilgan, ular ham oʻzlarini oʻldirishgan. Krøyerlar plantatsiyasining egasi oʻz xotiralarida hayratini shunday ifodaladi: „Qoʻzgʻolon yetakchilaridan biri boʻlgan, hech birimiz bilmagan va oʻgʻlim Piter Krøyer hamda uning xotinini oʻldirgan erkak deb oʻylagan edim. Lekin uning ismi Breffu boʻlib aslida u ayol ekan!“. Manbalar