TezJet () – Qirgʻizistonning faoliyati toʻxtatilgan lou-koster aviakompaniyasi. Bosh ofisi Bishkekda joylashgan.
2013-yil 23-aprelda tashkil etilgan hamda 2014-yil avgustda, oʻzining ilk samolyotini (BAe 146, roʻyxatdan oʻtish raqami EX-27002) qabul qilganidan keyin faoliyatini boshlagan. Aviakompaniyaning asosiy markazi Manas xalqaro aeroportida joylashgan va aviaparkida ikkita BAe 146 hamda bitta McDonnell Douglas MD-83 samolyotlari mavjud. 2026-yil 10-iyulda Qirg‘iziston Fuqaro aviatsiyasi davlat agentligi 9117-reysdagi hodisadan so‘ng TezJet faoliyatini tekshirib, kompaniyaning aviaoperator sertifikatini bekor qildi.
Aviakompaniya 2024-yil 3-sentyabrdan Bishkekdan Toshkentga aviareys orqali oʻzining ilk xalqaro parvozini amalga oshirdi.
Parvoz manzillari Mamlakat Shahar AeroportEslatmalarManbalarDehliIndira Gandi xalqaro aeroporti BishkekManas xalqaro aeroportiAviahabIssiqkoʻlIssiqkoʻl xalqaro aeroporti JalolobodJalolobod aeroporti OʻshOʻsh aeroporti MoskvaDomodedovo xalqaro aeroporti Toshkent Toshkent xalqaro aeroporti
Aviaparki
Samolyot nomiMiqdoriBuyurtma qilinganiYoʻlovchi oʻrindiqlari soniEslatmalar Avro RJ85 2 – 96Bitta samolyot 107-reysni bajarish chog‘ida shikastlangan McDonnell Douglas MD-83 2 – 164 Bunga ishlab chiqarilgan oxirgi MD-80 samolyoti ham kiradi; EX-80003 bort raqamli samolyot 9117-reysdagi hodisa sababli hisobdan chiqarilgan.Jami 4 –
Baxtsiz hodisalar va falokatlar 2018-yil 1-mart kuni Bishkekdagi Manas aeroportidan havoga ko‘tarilgan TezJet aviakompaniyasining 107-reysi — Avro RJ85 (bort raqami EX-27005) samolyotida parvozdan ko‘p o‘tmay dvigatelning jiddiy nosozligi yuz berdi. Ekipaj favqulodda vaziyat e’lon qildi va Manas aeroportiga xavfsiz qaytib qo‘ndi; hech kim jabrlanmadi. 2026-yil 7-iyul kuni Bishkekdagi Manas aeroportida TezJet aviakompaniyasining 9117-reysini amalga oshirayotgan McDonnell Douglas MD-83 (bort raqami EX-80003) samolyotining uchish vaqtida shassisi ishdan chiqdi. Ekipaj darhol parvozni to‘xtatdi, shundan so‘ng yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari samolyotdan evakuatsiya qilindi. Bortdagi 187 kishidan hech biri halok bo‘lmadi, biroq bir necha kishi jarohat oldi. Samolyotning chap qanoti va dum qismi jiddiy shikastlandi. Bu holat TezJet aviakompaniyasining aviaoperator sertifikati bekor qilinishiga olib keldi .
Manbalar
Havolalar
Turkum:Qirgʻiziston aviakompaniyalari Turkum:Bishkek iqtisodiyoti