Abu al-Qosim Ahmad ibn al-Mustansir ((); 15/16-sentyabr 1074-yil – 1101-yil 11/12-dekabr), al-Mustaʼli bi’lllah (, ) ismi bilan mashhur, Fotimiylarning toʻqqizinchi xalifasi va Mustaʼliy ismoiliylikning 19-imomi boʻlgan.
Xalifa al-Mustansir Billoh oʻgʻillarining toʻngʻichi boʻlmasa-da, al-Mustaʼliy oʻzining qaynogʻasi, vazir al-Afdal Shahanshohning hiylasi bilan xalifa boʻlishga erishadi. Bunga javoban, uning eng katta akasi va otasining oʻrniga xalifa boʻlishi kutilgan Nizor Iskandariyada qoʻzgʻolon koʻtaradi. Ammo magʻlubiyatga uchragach, qatl etiladi. Bu ismoiliylar harakatida katta boʻlinishga sabab boʻladi. Eron va Iroqdagi koʻplab jamoalar tomonidan, rasman homiylik qilingan Ismoiliy iyerarxiyasidan ajralib, Nizor va uning avlodlarini qonuniy imom sifatida koʻrib, oʻzlarining Nizoriylar harakatini tuzadilar.
Butun hukmronligi davrida al-Mustaʼliy Fotimiylar xalifaligining amalda hukmdori boʻlgan al-Afdalga tobe boʻlib qolgan. Xalifalikning Misrdagi asosiy hududi bu davrda faravonlikda hayot kechirgan. Ammo Fotimiylar Suriya hududlaridagi mojarolarda muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, bu yerdagi sunniy saljuqiy turklari ularni oʻz hududlaridan siqib chiqarishga urinadi. Al-Afdal Tir port shahrini qayta Fotimiylar hukmronligiga qaytarishga muvaffaq boʻladi va hatto Suriya shimoliga Birinchi salib yurishi kelishi natijasida yuzaga kelgan tartibsizliklar davrida Quddusni qaytarib olishga ham muvaffaq boʻladi. Fotimiylar saljuqiylarga qarshi kurashlarda salibchilar bilan kelishib ish olib borishga urinishlariga qaramay, salibchilar janubga tomon yurish qilishda davom etadi. 1099-yil iyul oyida esa Quddusni egallab oladi. Oradan koʻp oʻtmay salibchilar Ashkelon jangida al-Afdal boshchiligidagi Fotimiylar armiyasi ustidan yirik gʻalaba qozonadi. Al-Mustaʼliy 1101-yilda vafot etadi va uning oʻrniga besh yoshli oʻgʻli al-Amir xalifa boʻladi.
Hayoti
Tavalludi Asl ismi Ahmad boʻlgan boʻlajak xalifa al-Mustaʼliy hijriy 467-yil Muharram oyining 20-sanasida (milodiy 1074-yil 15 yoki 16-sentyabr) yoki hijriy 468-yil Muharram oyining 18 yo 20-sanasida (milodiy 1075-yil 2 yoki 4-sentyabr) Qohirada tugʻilgan. U sakkizinchi Fotimiy xalifasi al-Mustansir Billoh () oʻgʻillarining eng kichigi boʻlgan. 1060-yilda al-Mustansirning boshqa bir oʻgʻli ham xuddi shu ism – Abuʼl-Qosim Ahmad – boʻlajak al-Mustaʼliy bilan deyarli bir vaqtda tugʻilgan va baʼzi manbalarda uni al-Mustaʼliy bilan chalkashtirib yuborishgan. Zamonaviy olimlarning taxminiga koʻra, bu oʻgʻil oʻsha paytda vafot etgan va bu ism al-Mustaʼliyga qayta qoʻyilgan. Bir manbada u Abulqosim Ahmad „Kichik“ (yoki „eng kichigi“, yaʼni barcha oʻgʻillarning ichida eng kichigi boʻlishi mumkin) deb ataladi.
Yana qarang
Ismoiliy imomlari roʻyxati Misr hukmdorlari roʻyxati
Izohlar
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:1074-yilda tugʻilganlar Turkum:1101-yilda vafot etganlar Turkum:12-asrda Fotimiylar sulolasi Turkum:Misr ismoiliylari Turkum:Mustaʼliy imomlari Turkum:Fotimiy xalifalari oʻgʻillari