Goʻzal Jumaniyozova (Dilsoʻz nomi bilan tanilgan; 1989-yil 8-mayda Navoiy shahrida tugʻilgan) – oʻzbekistonlik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis. „Nihol“ mukofoti sovrindori.
Hayoti Goʻzal Jumaniyozova 1989-yil 8-mayda Navoiy viloyatining Navoiy shahrida tugʻilgan. Navoiy shahridagi 11-umumiy oʻrta taʼlim maktabini tugatgan. Maktabda oʻqib yurgan paytlarida turli xil tadbirlarda ham qoʻshiq kuylab yurgan. Maktab davridagi eng sevimli taronasi esa Jasur Mirsagatovning „O hayot“ qoʻshigʻi boʻlgan. U maktabni bitirganidan soʻng, Navoiy shahridagi Madaniyat va sanʼat kollejining xor direjyorlik boʻlimida taʼlim olgan. Keyin esa Navoiy davlat pedagogika institutining Pedagogika fakulteti tarkibidagi Musiqiy taʼlim yoʻnalishiga oʻqishga kirgan.
Faoliyati Maktabda oʻqib yurgan davridayoq sevib qoʻshiq kuylay boshlagan Goʻzal Jumaniyozova oliy taʼlim darajasini olayotganida saʼnat bilan professional tarzda shugʻullana boshlagan. Institiutda oʻqib yurgan vaqtida „New Star Media“ markazida ham ishlay boshlagan. U oʻzbek estradasiga oʻzining „Jonim ozori“ va „Sevikli yorim“ kabi qoʻshiqlari bilan kirib kelgan. Ushbu qoʻshiqlari tinglovchilar tomonidan yaxshi qabul qilinganidan soʻng, birin-ketin „Otajon“, "Begim", „Begimey 2“ va "Sogʻindim yomon" kabi taronalarini taqdim etgan. "Begim" qoʻshigʻi xit darajasiga koʻtarilib, Dilsoʻzning yanada mashhur boʻlishiga yordam bergan.
Dilsoʻzning ilk musiqiy albomi „Otajon“ RizaNova leybeli ostida 2014-yilning 1-iyul sanasida chiqarilgan. Keyinchalik „Uylanasizmi yoʻqmi“ (2015), „Suyganim“ (2016), „Asalim mani“ (2017), „Sogʻindim“ (2018), „Davrani kengroq oling“ (2019), „Ozorlar“ (2021) albomlarini taqdim etgan.
Shaxsiy hayoti Dilsoʻz ijodkor Farrux Raimovning turmush oʻrtogʻi hisoblanadi. Ular nikohdan oʻtgani haqidagi maʼlumotni ommanviy axborot vositalarida 4 yildan soʻng maʼlum qilishgan. Ijodkorlar oʻrtasidagi toʻy marosimi esa 2015-yilning 15-aprelida Navoiy, 21-aprelida esa Toshkent shaharlarida boʻlib oʻtgan. Diskografiysi Albomlari „Otajon“ (2014) „Uylanasizmi yoʻqmi“ (2015) „Suyganim“ (2016) „Asalim mani“ (2017) „Sogʻindim“'' (2018) „Davrani kengroq oling“ (2019) „Ozorlar“ (2021)
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistonlik qoʻshiqchilar Turkum:Oʻzbekistonlik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Navoiyda tugʻilganlar Turkum:Navoiy davlat pedagogika instituti bitiruvchilari Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar