Yetti chinor jome masjidi – Andijon viloyati, Xoʻjaobod tumani Yetti chinor mahallasida joylashgan masjid. 1993-yil 10-fevralda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan roʻyxatga olingan. 1990-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.

Qurilishi Masjid 1989-yil 5-may kunidan qurilishi boshlangan. Masjidning qurilishida bir qator usta va mahallalardan qatnashgan hasharchilar ishtirok etgan. Masjid qurilishi 1990-yilda bitkazilgan. Mazkur masjid betakror arxitekturaga ega. Masjid xonaqohlari va ayvoni yogʻochli ustundan iborat boʻlib, maxsus bezatilgan va hashamatli qilib ishlangan yogʻoch oʻymakorligi asosida qad rostlagan ustunlar bilan oʻzgacha goʻzallik aks etgan. Jome masjidining Xonaqoh va ayvonlarining shift qismlari pardozlashda naqqoshlik bezaklari bilan bezatilgan. Bu naqqoshlik bezak ishlari masjid xonaqohlariga milliylik salobatini aks ettirib turadi.. Masjid Xoʻjaobod tuman markazida ulugʻ yoshda yettita chinor borligi sababli masjidga „Yetti chinor“ jome masjidi deb nom berilgan. „Yetti chinor“jome masjidi Madaniy meros obyekti sifatida davlat muhofazasiga olingan.

Masjidga uzoq yillarda buyon Maqsudali domla Qosimov imomlik qilib kelmoqda.

Manbalar