Ozarbayjonlik sportchilar 2006-yil 10-fevraldan 26-fevralga qadar Italiyaning Turin shahrida boʻlib oʻtgan 2006-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etdi. Bu mamlakatning Qishki Olimpiadadagi uchinchi ishtiroki hisoblanadi. Delegatsiya tarkibiga amerikalik Kristin Fraser va rossiyalik Igor Lukanindan iborat muz raqsi juftligi kirgan. Ular musobaqani 19-oʻrinda yakunlagan. Hozirgi kunga qadar Ozarbayjon Qishki Olimpiada oʻyinlarida medalga sazovor boʻlmagan
Tarixi Ozarbayjon Respublikasi Milliy Olimpiada qoʻmitasi 1992-yilda Sovet Ittifoqi parchalanganidan soʻng tashkil etilgan. 1993-yil 1-yanvarda Xalqaro Olimpiada qoʻmitasi tomonidan tan olingan. Ozarbayjon 1996-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridan boshlab barcha Olimpiadalarda qatnashib kelmoqda. Qishki Olimpia oʻyinlarida esa ilk bor 1998-yilda, Naganoda ishtirok etgan. Ozarbayjon yozgi Olimpiada oʻyinlarida koʻplab medallarni qoʻlga kiritgan boʻlsa-da, qishki Olimpiadaoʻyinlarida hech qachon medal qoʻlga kiritmagan.
2006-yil Turin shahrida boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiada oʻyinlarida Ozarbayjon delegatsiyasi faqat bitta juftlikdan – Kristin Fraser va Igor Lukanindan iborat muz raqsi jamoasi bilan ishtirok etdi. Yopilish marosimida Ozarbayjon bayrogʻini Milliy Olimpiada qoʻmitasi yordamchisi Teymur Jafarov koʻtardi.
Figurali uchish
right|thumb|Kristin Fraser va Igor Lukanin 2005-yilgi Yevropa figurali uchish chempionatida. Kristin Fraser AQShning Montclair (New Jersey) shahridan, Igor Lukanin esa Rossiyaning Yekaterinburg shahrida tavallud topgan. Ular juftlik sifatida oldin ham – 2002-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlarida Ozarbayjon sharafini himoya qilganlar. Turin Olimpiadasi vaqtida Freyzer 25 yoshda, Lukanin esa 30 yoshda boʻlgan.
Muz raqsi bahslari uch bosqichda, har biri alohida kunda boʻlib oʻtgan. Umumiy hisobda musobaqada 24 juftlik ishtirok etgan.
17-fevral kuni oʻtkazilgan majburiy raqs bosqichida Ozarbayjon juftligi 27,27 ball toʻplagan. Ikki kun oʻtib, original raqs () bosqichida ular 43,83 ball oldilar. Keyingi kuni, erkin raqs () bosqichida esa 77,14 ball toʻpladilar.
Ularning jami natijasi – 148,24 ball, bu bilan Fraser va Lukanin 19-oʻrinni egalladilar. SportchilarTadbirMRORERJamiBallarReytingBallarReytingBallarReytingBallarReytingKristin FraserIgor LukaninMuz raqsi27.272043.831977.1417148.2419
Kalit soʻz: MR = Majburiy raqs, ER = Erkin raqs, OR = Original raqs
Manbalar
Turkum:2006-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida mamlakatlarTurkum:Ozarbayjon yillarga koʻra Qishki Olimpiada oʻyinlaridaTurkum:2006-yil Ozarbayjon sportida