Rustam Saparov (; 1978-yil 10-aprelda tugʻilgan) – turkmanistonlik sobiq professional futbolchi, himoyachi va yarim himoyachi ampulasida oʻynagan. 2004-yilgi AFC Osiyo kubogi turnirdida Turkmaniston terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan.
Futbolchilik faoliyati Faoliyatining boshida bir necha mavsumni Turkmanobodning „Ekskavator“/"Jayhun"/"Qoraqum" klubida oʻtkazgan. 2002-yilda Turkmaniston chempionatining bronza medali va mamlakat kubogi gʻolibi boʻlgan. 2003-yilda „Nebitchi“ jamoasiga (Bolqonobod) koʻchib oʻtgan va keyingi uch mavsumda chempionatning oltin (2004), kumush (2003) va bronza (2005) medallari, shuningdek, ikki marta mamlakat kubogi (2003, 2004) sohibi boʻlgan. 2006-yilda Oʻzbekistonning „Nasaf“ (Qarshi) klubiga oʻtib, ikki mavsum davomida Oʻzbekiston chempionatida 49 oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol muallifi boʻlgan. Nasaf jamoasidagi davrida 2006-yilgi mavsum bronza medali sohibiga aylangan. 2008-yilgi mavsumda vataniga qaytgan va „Ashxobod“ jamoasi safida toʻp surgan. 2008-yilda mamlakat chempioni boʻlgan. Osiyo kubogi musobaqalarida ishtirok etgan, 2009-yilgi OFK prezidenti kubogida jamoasi bilan yarim finalchi bosqichiga qadar yetib borgan. 2010-yilda u Lebap jamoasiga qaytib kelgan va u bilan oʻsha yili chempionatning bronza medali sovrindori boʻlgan.
Terma jamodagi faoliyati 2003-yil 19-oktabrda Turkmaniston terma jamoasi safida BAAga qarshi Osiyo Kubogi saralash bahsida debyut qilgan. 2004-yili Osiyo Kubogi final turnirida ishtirok etib, jamoasining uchala uchrashuvida ham maydonga tushgan. 2008-yilning 18-may kuni Ummon darvozasiga milliy terma jamoadagi ilk golini urganOman vs. Turkmenistan 2008-05-18. Umuman olganda, 2003—2008-yillar davomida u terma jamoa safida kamida 17 ta oʻyin oʻtkazib, bitta gol urgan.
Faoliyat statistikasi
Terma jamoa
+Terma jamoada yilllar boʻyicha oʻtkazgan oʻyinlari va gollariTerma jamoaYilOʻyinlarGollarTurkmaniston200370200460200500200600200700200841Total171
Gollar va hsioblar roʻyxati birinchi boʻlib Oʻzbekistonning gollari soni, Hisob ustuni esa Saparovning har bir golidan keyin golni koʻrsatadi. +Rustam Saparov tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati№SanaStadionRaqibHisobNatijaMusoboqa12008-yil 18-mayNizva sport majmuasi, Nizwa, Oʻmon1–11–2Oʻrtoqlik
Manbalar
Havolalar
Rustam Saparov Transfermarkt saytida
Turkum:10-aprelda tugʻilganlar Turkum:1978-yilda tugʻilganlar Turkum:Turkmanistonda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Turkmanistonlik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Bagtiyarliq-Lebap FK futbolchilari Turkum:FK Nebitchi futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:FC Aşgabat futbolchilari Turkum:Osiyo Kubogi 2004 futbolchilari Turkum:Turkmaniston milliy terma jamoasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari