Osiyo Xalqaro Universiteti — O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan nodavlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Universitet 2022-yil 10-noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan berilgan litsenziya asosida o‘z faoliyatini boshlagan.
Statistika Osiyo Xalqaro Universiteti O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan eng yirik nodavlat universitetlardan biri hisoblanadi. Hozirda universitetda 23 000 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. Talabalar sonining ko‘pligi, ta’lim yo‘nalishlarining kengligi hamda zamonaviy infratuzilma uni mamlakatda nufuzli oliygohlardan biriga aylantirgan.
Yo‘nalishlari Universitetda quyidagi ta’lim shakllari va yo‘nalishlari mavjud: Bakalavriat: 35 ta yo‘nalish Magistratura: 14 ta yo‘nalish Ordinatura: 25 ta yo‘nalish Doktorantura: 11 ta yo‘nalish Masofaviy taʼlim: 4 ta yo‘nalish Xalqaro mutaxassisliklar: 3 ta yo‘nalish
Talabalar kunduzgi, kechki va masofaviy shakllarda tahsil olishlari mumkin. Hozirda universitetda 200 ga yaqin xorijiy talabalar ham tahsil olmoqda.
Tuzilma Universitet tarkibida: 3 ta fakultet 8 ta kafedra 515 dan ortiq профессор- o‘qituvchilar . 170 nafar dotsent va professorlar faoliyat yuritadilar
Amaliyot va hamkorlik Amaliyot darslarini samarali tashkil etish maqsadida universitet 200 ga yaqin tashkilot, jumladan maktabgacha ta’lim boshqarmasi va tibbiyot muassasalari bilan hamkorlik memorandumi imzolagan. Talabalar ushbu tashkilotlarda amaliyot o‘tashadi.
Infratuzilma 10 ta zamonaviy laboratoriya Simulyatsion markaz (amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun) Mini farmatsevtika zavodi (farmatsiya yo‘nalishi talabalari uchun amaliy baza) IT xonalar va co-working hududlari
Filiallar 2025–2026 o‘quv yilida Osiyo Xalqaro Universitetining Urganch shahridagi filiali ochilishi rejalashtirilgan.
Hamkorliklar Osiyo Xalqaro Universiteti xalqaro aloqalarga katta e’tibor qaratadi. Universitet 50 dan ortiq xorijiy davlatlardagi oliy ta’lim va ilmiy muassasalar bilan hamkorlik memorandumlarini imzolagan. Shuningdek, AQSHdagi oliygohlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlari amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturlar orqali talabalar xorijiy tajribaga asoslangan bilimlar oladi va ikki diplomli ta’lim imkoniyatidan foydalanadi. Universitetda talabalar almashinuvi dasturi ham faol yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, har yili 100 dan ortiq iqtidorli talabalar universitet mablag‘lari hisobidan xorijiy oliygohlarda amaliyot o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu dastur yoshlarning xalqaro tajriba orttirishi va kasbiy malakalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Tashqi havolalar Rasmiy veb-sayt .
Manbalar
Turkum:Oʻzbekistondagi universitetlar Turkum:Buxoro