Lincoln Motor Company yoki Lincoln – Ford Motor Company kompaniyasining hashamatli avtomobillar ishlab chiqarish boʻlimi hisoblanadi. Lincoln AQShda eng yuqori darajadagi hashamatli avtomobil brendlari orasida oʻz oʻrniga ega. U General Motors kompaniyasining Cadillac brendi bilan raqobatdosh hisoblanadi. Ammo, 2021-yilgi modellardan boshlab, ular faqat SUV va Crossover avtomobillarini taklif qila boshladi.
Boʻlim 1940-yilda ishlab chiqargan Lincoln Continental modeli avtomobil sanoatida shaxsiy hashamatli avtomobillar segmentini yaratishga turtki berdi.
Lincoln Motor Company 1917-yilda Henry M. Leland tomonidan asos solingan. U kompaniyani Abraham Linkoln sharafiga nomlagan. 1922-yil fevral oyida kompaniya Ford tomonidan sotib olingan va hozirgacha uning tarkibida qolmoqda. Ikkinchi jahon urushidan soʻng Ford kompaniyasi Lincoln va oʻrta sinf avtomobillari ishlab chiqaruvchi Mercury brendini birlashtirdi. Boʻlim Lincoln-Mercury nomini oldi. Bu birlashma 2010-yilda Mercury yopilgunga qadar davom etdi. 2012-yil oxirida Lincoln oʻzining asl nomi – Lincoln Motor Companyga qaytdi. Premier Automotive Group (Jaguar, Land Rover, Aston Martin va Volvo) sotilishi va Mercury yopilishidan soʻng, Lincoln Ford Motor Companyning yagona hashamatli avtomobil brendi boʻlib qoldi.
Dastlab Lincolndan yuqorida mustaqil boʻlim sifatida tashkil etilgan Continental, 1959-yilda Lincoln tarkibiga qoʻshildi. 1969-yilda Continental nomli Mark seriyasi Lincoln orqali sotila boshlandi. U 1986-yilda Lincoln nomini oldi. Lincolnning toʻrt burchakli yulduz emblemasi 1956-yilda Continental Mark II da paydo boʻlgan. Hozirgi versiyasi esa 1980-yilda joriy qilingan.
Bugungi kunda Lincoln mahsulotlari qatoriga hashamatli krossoverlar va sport avtomobillari kiradi. Oʻz tarixi davomida Lincoln limuzin va davlat tashriflari uchun avtomobillar ishlab chiqargan. Bir necha modellari AQSh prezidentlari uchun rasmiy davlat limuzinlari sifatida xizmat qilgan. Bugungi kunda bu talab krossover va SUV modellari orqali qondirilmoqda.
2017-yilda Lincoln butun dunyo boʻylab 188 383 avtomobil sotgan. Shimoliy Amerikadan tashqari, Lincoln avtomobillari rasmiy ravishda Yaqin Sharqda (Eron va Suriya bundan mustasno), Xitoyda (Gonkong va Makao bundan mustasno) va Janubiy Koreyada sotiladi.
Global savdosi Lincoln Motor Company brendining asosiy bozorlari AQSh, Kanada va Meksika hisoblanadi. Ford Motor Company dunyo boʻylab Lincoln brendini turli bozorlarda oʻzining flagman brendi sifatida taqdim etgan.
Osiyo Yaponiyada Lincoln 2016-yilgacha Ford bilan birgalikda sotilgan. Oʻsha yili Ford bu mamlakatda oʻz faoliyatini toʻxtatgan.
Lincoln avtobillari hanuzgacha Janubiy Koreyada taklif qilinmoqda. Avval bu hududda taqdim etilmagan Lincoln Navigatorning 2022-yilgi modeli Janubiy Koreyada taqdim etila boshlandi.
Avstraliya va Yangi Zelandiya Ford Avstraliya hech qachon Lincoln brendini sotmagan. Kompaniya hashamatli/premium segmentdagi avtomobillarini Avstraliyada ishlab chiqarilgan va dizayni oʻzgartirilgan holda Ford brendi ostida sotgan (Ford Fairlane va LTD; Ford Fairmont esa Mercury brendiga oʻxshash rol oʻynagan). Ushbu avtomobillar Avstraliya va Yangi Zelandiyada sotilgan.
Xitoy 1990 va 2000-yillarda Hongqi Lincoln Town Car modelini AQShdan keltirilgan CKD qismlari yordamida ishlab chiqarishni boshladi. Town Car CKD qismlariga tashqi dizayn oʻzgartirishlari kiritilgan, yangi old qanotlar, faralar va orqa chiroqlar, shuningdek yangi radiator panjarasi oʻrnatilgan. Kompaniya standart uzunlikdagi sedan bilan birga, uch xil uzunlikdagi limuzinlar ishlab chiqargan. Shuningdek Hongqi CA7400 prototipi ham yaratilgan.
2014-yilda Ford Motor Company Lincoln brendini Xitoy bozoriga olib keldi va savdoni oʻrta oʻlchamli MKZ sedan va kichik MKC SUV bilan boshladi. 2016-yil oxiriga kelib, Lincoln 50 ta shaharda 60 ta dilerlik tarmogʻini tashkil qilishni rejalashtirdi. Shuningdek, kompaniya MKZ, Continental, MKC, MKX va Navigator modellarini sotishni boshladi. 2016-yildagi savdo koʻrsatkichlari oʻtgan yilga nisbatan 180% ga oshdi. Lincoln 2019-yilga kelib Xitoyda avtomobillar ishlab chiqarishni rejalashtirdi. Xitoylik xaridorlarni jalb qilish uchun Lincoln „The Lincoln Way“ nomli avtomobil sotib olish va egalik qilishning shaxsiylashtirilgan xizmatlar modelini taqdim etdi.
2020-yil 29-martda Xitoyda ishlab chiqarilgan birinchi Lincoln avtomobili (Lincoln Corsair) Chongqing shahridagi Changʻan Ford zavodida ishlab chiqarildi. 2022-yilda faqat Xitoy bozoriga moʻljallangan yangi Zephyr sedan modeli toʻxtatilgan MKZ oʻrnini egalladi.
Manbalar