Siena Nicole Agudong (2004-yil 19-avgustda tugʻilgan) – amerikalik aktrisa. Ekranlarda Nickelodeon serialidagi Star Falls (2018), Netflixdagi No Good Nick (2019) va Resident Evil (2022) seriallarida ijro etgan rollari orqali tanilgan. Shuningdek, Alex & Me (2018) va Upside-Down Magic (2020) filmlarida ham rol ijro etgan.
Hayoti va taʼlimi Siena Gavayi shtatining Kauai shahrida tugʻilgan. Otasi Karen, onasi esa Kennet Agudong edi. Uning Sydney ismli opasi bor. Siena „kavkaz, filippin va polineziyalik“ nasabga ega.
Siena qirol Kaumuali’i boshlangʻich maktabi va orol maktabida tahsil olgan. Keyinchalik, aktyorlik faoliyatini boshlaganligi sababli masofaviy taʼlimga oʻtgan.
Faoliyati Agudong mahalliy spektakllarda 7 yoshidanoq aktyorlik faoliyatini boshlagan, birinchi rolini Gavayi bolalar teatrida Villi Vonkada ijro etgan. 8 yoshida "Killer Women" filmidagi Lulu Parker rolida oʻzining televizion debyutini qildi. U "Nicky, Rickiy, Dicky & Dawn" filmlarida Natlee takroriy rolini ijro etgan. "Teachers" va "Sydney to the Max" filmlarida mehmon rollarini ijro qilgan.
Agudong 2015-yildan buyon bir necha yosh ijodkorlar mukofoti va „Yosh koʻngilochar mukofoti“ nominatsiyalariga sazovor boʻlgan. 2017-yilda 12 va undan kichik yoshli aktrisalar ishtirokidagi „Eng yaxshi mehmon“ nominatsiyasida gʻalaba qozongan.
Agudong 2018-yilda Warner Brosning „Alex & Me“ videofilmida Reagan Wills rolida ekranlarda namoyon boʻlgan. Agudong, shuningdek, 2018-yilda Nickelodeon serialidagi Star Fallsda Sofiya Miller rolini ijro etgan. 2018-yil sentyabr oyida 2019-yil suratga olinishi kutilayotgan Netflixning "No Good Nick" sitcomida yosh qoʻshiqchi sifatida bosh rolini ijro qilishi eʼlon qilingan, bu uning birinchi bosh roli edi. 2019-yil avgust oyida Agudong 2020-yil 31-iyulda premyerasi boʻlib oʻtadigan Disney Channel Original Movie "Opside-Down Magic" filmida Reina Carvajal rolida ekranga chiqishi rejalashtirilgan. Siena keyinchalik F9 filmida Mia Torettoning yoshligini tasvirlagan.
Filmografiyasi
Televizion va kinodagi rollari YilSarlavhaRolIzohlar2013Second ChancesMindyFilm2014Killer WomenLulu ParkerTakroriy rol2015–2018Nicky, Ricky, Dicky & DawnNatleeTakroriy rol (2–4-fasllar)2016–2019TeachersTiffany3-epizod2018Star FallsSophia MillerAsosiy rol2018Alex & MeReagan WillsFilm2019Sydney to the MaxBrittanyEpizod: „You’ve Got Female“2019No Good NickNicole „Nick“ FranzelliBosh rol2020Hawaii Five-0OliviaEpizod: „E hoʻi na keiki oki uaua o na pali“2020Upside-Down MagicReina CarvajalTelevizion film (Disney Channel Original Movie)2020Raven's HomeMikkaEpizod: „Tesscue Me“2021F9Mia Toretto (yoshligi)Film; cameo2022Resident EvilBillie WeskerAsosiy rol2024The 4:30 MovieMelody BarnegatAsosiy rol
Mukofot va nominatsiyalari YilMukofotTurkumFilmNatijaManbalar2015-yilYosh ijodkor mukofoti10 yoshgacha boʻlgan aktrisalar orasida TV serialda takroriy rolda eng yaxshi ijro koʻrsatgan aktrisaKiller Women 2016-yilYosh ijodkor mukofoti10 yoshgacha boʻlgan aktrisalar orasida TV serialda mehmon rolda eng yaxshi ijro koʻrsatgan aktrisaNicky, Ricky, Dicky & Dawn 2017-yilYosh ijodkor mukofotiTeleserialdagi eng yaxshi ijro – takroriy roldagi yosh aktrisa
Manbalar
Havolalar
Turkum:Amerikalik bola aktrisalar Turkum:2004-yilda tugʻilganlar Turkum:19-avgustda tugʻilganlar