2024-yil 17-sentabr mahalliy vaqt bilan soat 15:30 atrofida Livan siyosiy partiyasi va jangari guruhi Hizbulloh aʼzolari foydalanadigan minglab qoʻl peyjerlari bir vaqtning oʻzida Livan va Suriya boʻylab portlab ketgan. Kamida toʻqqiz kishi halok boʻlgan, 2750 dan ortiq kishi yaralangan. Halok boʻlgan va yaralanganlar orasida Hizbulloh a’zolari va tinch aholi vakillari ham bor. Hizbulloh rasmiysi Milliy Axborot Agentligiga bu voqea tashkilotda „shu vaqtgacha kuzatilgan eng yirik xavfsizlik tizimining buzilishi“ ekanligini aytgan.
Manbalar
Turkum:Hizbulloh