Feruza Ergasheva (1988-yil 24-martda tugʻilgan) – oʻzbekistonlik para dzyudochi. Musobaqalarda J1 klassda ishtirok etadi.
Faoliyati
2022-yildan buyon para dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoa aʼzosi hisoblanadi. Xanjchou-2022 Para Osiyo oʻyinlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Butunjahon IBSA tashkilotining yakuniy reyting natijalariga koʻra +70 kg vazn toifasida Parij-2024 Yozgi Paralimpiada oʻyinlari litsenziyasini qoʻlga kiritgan.
Manbalar