1968-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari () – uchinchi Paralimpiada oʻyinlari. Xalqaro Stoke Mandeville oʻyinlari federasiyasi (ISMGF) rahbarligida tashkil etilgan boʻlib, ular oʻsha paytda 17-Xalqaro Stoke Mandeville oʻyinlari sifatida tanilganSummer Games Governance 1960 to 1992. International Wheelchair and Amputee Sports Federation. Retrieved on 2011-05-07.. Oʻyinlar dastlab 1968-yil Mexiko shahridagi Yozgi Olimpiada oʻyinlari bilan bir vaqtda oʻtkazilishi rejalashtirilgan, ammo 1966-yilda Meksika hukumati moliyaviy qiyinchiliklar tufayli bunga qarshi boʻladi. Isroil hukumati oʻyinlarni Tel-Avivda oʻtkazishni taklif qiladi, bu taklif qabul qilinadi.

Ochilish marosimi Quddusdagi Givat Ram kampusidagi Ibroniy universiteti stadionida boʻlib oʻtgan. Oʻyinlar Tel-Aviv tumanidagi Ramat Gan shahrida, Isroil nogironlar sport markazida boʻlishi rejalashtirilgan. Tel-Aviv savdo markazida yopilish marosimi boʻlib oʻtgan. Shunday qilib, bu oʻyinlar Paralimpiada tarixida Olimpiya oʻyinlari bilan bir vaqtda va joyda oʻtkazilmagan birinchi oʻyin boʻlgan.

Sport right|thumb|250x250px| Ora Goldstein Oltin medalni qabul qilib olmoqda Dasturga birinchi marta maysazor bauli oʻyini kiritilgan. Nogironlar aravachasida basketbol oʻyinlarida ayollar jamoasi ishtirok etgan, shuningdek, yengil atletika boʻyicha erkaklar oʻrtasida 100 m masofaga nogironlar aravachasida yugurish poygasi ham dasturga qoʻshilgan.

Kamondan otish Dart kamondan otish Yengil atletika Maysazor bauli Snuker Suzish Stol tennisi Ogʻir atletika Nogironlar aravachasida basketbol Nogironlar aravachasida qilichbozlik

Medallar jadvali Oltin medallar soni boʻyicha yuqori koʻrsatkichni qayd etgan eng yaxshi oʻnta MOQ quyida keltirilgan. Mezbon davlat Isroil alohida belgilangan.

Ishtirokchi davlatlar Tel-Aviv Paralimpiadasida yigirma sakkiz davlat delegatsiya ishtirok etgan.Kanada, Daniya, Efiopiya, Hindiston, Yamayka, Yangi Zelandiya, Janubiy Koreya va Ispaniya birinchi marta yozgi Paralimpiada oʻyinlarida qatnashgan.

Toʻrt yil oldin Paralimpiada oʻyinlarida debyut qilgan Janubiy Afrika Tel-Aviv oʻyinlariga delegatsiya yuborib, Paralimpiada oʻyinlarida qatnashishni davom ettirgan. Oʻsha paytda u aparteid siyosati tufayli Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etish huquqidan mosuvo boʻlgan edi, ammo 1980-yilda Arnemdagi yozgi Paralimpiada oʻyinlarigacha Paralimpiada oʻyinlarida ham qatnashish huquqi cheklangan„'The Netherlands against Apartheid' – 1970s“, International Institute of Social HistorySouth Africa at the Paralympics, International Paralympic Committee.

Manbalar

Havolalar

Turkum:Isroilda sport oʻyinlari Turkum:Isroilda parasport Turkum:1960-yillarda Tel Aviv Turkum:1968-yil Isroilda sport Turkum:1968-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari Turkum:1968-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari Turkum:Isroil mezbonlik qilgan xalqaro sport musobaqalari