2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida chexiyalik Kateřina Siniakova va Tomáš Macháč aralash juftliklar tennis finalida xitoylik Wang Xinyu va Zhang Zhizhenni 6-2, 5-7, 10-8 hisobi bilan magʻlub etib, oltin medalga sazovor boʻldilar. Bu Chexiya uchun aralash juftliklar tennis boʻyicha birinchi Olimpiya oltin medali boʻldi. Siniakova Tokioda boʻlib oʻtgan olimpiadada ayollar juftligi musobaqasida ham oltin medalni qoʻlga kiritgan edi va bu medal u uchun ikkinchi olimpiada oltin medali boʻldi. Bronza medali uchun kechgan bahsda kanadalik Gabriela Dabrowski va Felix Auger-Aliassime gollandiyalik Demi Schuurs va Wesley Koolhofni 6-3, 7-6 hisobida (7:2) magʻlub etdi. Musobaqada 16 davlatdan 32 nafar oʻyinchi (16 jamoa) ishtirok etdi.

Toki olimpiadasi gʻoliblari Andrey Rublev va Anastasiya Pavlyuchenkova Parij olimpiadasida ishtirok etmadi.

Saralash

Har bir Milliy Olimpiya qoʻmitasi (MOQ) bittagacha jamoa kiritishi mumkin. Aralash juftliklar uchun saralash asosan ATP va WTA reytinglari orqali amalga oshiriladi. Aralash juftliklar uchun 16 ta kvota mavjud.

Musobaqa formati Musobaqada bronza medali uchun oʻyin oʻtkaziladi. Oʻyinlar 3 setdan iborat boʻldi. Birinchi ikki setda 6-6 hisobga yetganda tay-brek oʻynaldi, uchinchi set esa bir jamoa 10 ballga yetib, raqibidan kamida ikki ochko ustun boʻlgunga qadar davom etdi.

Jadval Jadval quyidagicha edi.

+Jadval Du 29 Se 30 Chor 31 Pay 1 Ju 2 R16 ¼ ½ BM F

Ishtirokchilar Ishtirokchilar 2024-yil 22-iyuldagi reyting boʻyicha joylashtirilgan.

/ (birinchi bosqich) / (chorak final) / (chorak final) / (birinchi bosqich)

Barcha bosqichlar

Draw

Manbalar

Havolalar

Draw Entry List Turkum:Tennis 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida