2024-yilgi Angliya Supekubogi (rasmiy nomi FA Community Shield) – tarixdagi 102-bor oʻtkazilayotgan FA Community Shield turniri. Unda Angliya Premyer-ligasi hamda Angliya kubogining amaldagi gʻoliblari oʻzaro toʻp surishadi. 2024-yilgi final uchrashuvi London shahridagi Wembley stadionida boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda 2023-2024-yilgi mavsum Premyer-liga chempioni „Manchester City“ hamda Angliya kubogi sohibi „Manchester United“ klublari toʻqnash keldi.
Turnirning amaldagi gʻolibi „Arsenal“ boʻlib, ular ushbu mavsumdagi turnirga yoʻllanmani qoʻlga kirita olishmadi. Klub Angliya kubogini uchinchi bosqichdayoq tark etgan boʻlsa, Premyer-liga mavsumini ikkinchi oʻrinda yakunlashdi.
Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi, penaltilar seriyasida esa „Manchester City“ jamoasining (7:6) qoʻli baland keldi. Bu „Shaharliklar“ning 2019-yildan buyon ilk chempionligi boʻldi, oʻsha mavsumda ham bahs 1:1 hisobida yakunlangan va oʻyin taqdiri penaltilar seriyasida hal boʻlgan edi. „Manchester United“ uchun esa 2024-yilgi final 2009-yildan beri ilk magʻlubiyati boʻlib, ular ham huddi hamshaharlari kabi penaltilarda magʻlubiyatga uchragan edi.
Tarixi „Manchester City“ va „Manchester United“ turnirga mos ravishda Angliya Premyer-ligasi hamda Angliya kubogining amaldagi gʻoliblari sifatida tashrif buyurishdi. Bu tarixdagi 194, FA Community Shield tarixidagi esa 3-Manchester derbysi boʻldi. Bundan avval jamoalar 1956 (turnir Charity Shield deb atalgan vaqtlar) va 2011-yillarda Supekubok uchun bahslashishgan.
„Manchester United“ bir vaqtning oʻzida FA Community Shield turnirida eng koʻp ishtirok etgan va eng koʻp chempion boʻlgan klub hisoblanadi. Jamoa 30 marotaba ishtirokning 21 tasida tengsiz deb topilgan. Soʻnggi bor ular 2016-yilda musobaqada zafar quchishgan. „Manchester City“ klubi esa 15 ta turnirning 6 tasida kubokni boshi uzra baland koʻtargan. Oxirgi marta ular 2019-yilda chempion boʻlishgan. „Shaharliklar“ ketma-ket toʻrtinchi bor Superkubokda ishtirok etdi, ulardan soʻnggi uchtasida magʻlubiyatga uchragan edi.
Tafsilotlar
GK 31 EdersonRB 82 Rico LewisCB 3 Rúben Dias (c)CB 25 Manuel AkanjiLB 24 Joško Gvardiol CM 75 Nico O'Reilly CM 8 Mateo KovačićRW 52 Oscar Bobb AM 87 James McAtee LW 11 Jérémy Doku CF 9 Erling HaalandZaxira:GK 18 Stefan OrtegaGK 33 Scott CarsonDF 6 Nathan Ake DF 78 Issa KaboréMF 4 Kalvin PhillipsMF 17 Kevin De Bruyne MF 20 Bernardo Silva MF 27 Matheus Nunes FW 26 Savinho Murabbiy: Pep Guardiola GK 24 André OnanaRB 20 Diogo DalotCB 5 Harry Maguire CB 35 Jonny EvansLB 6 Lisandro MartínezCM 7 Mason Mount CM 18 CasemiroCM 37 Kobbie Mainoo RF 16 Amad Diallo CF 8 Bruno Fernandes (c)LF 10 Marcus Rashford Zaxira:GK 1 Altay BayındırMF 14 Christian EriksenMF 39 Scott McTominay MF 43 Toby Collyer FW 11 Joshua ZirkzeeFW 17 Alejandro Garnacho FW 21 AntonyFW 25 Jadon Sancho FW 28 Facundo Pellistri Murabbiy: Erik ten Hag
Oʻyinning eng yaxshi futbolchisi: Oscar Bobb (Manchester City)
Yordamchi hakamlar: Adrian Holmes Nick Greenhalgh Toʻrtinchi hakam: Sam Barrott Video assistent referi: Peter Bankes Yordamchi Video assistent referi: Sian Massey-EllisOʻyin qoidalari 90 daqiqa Penaltilar seriyasi agar durrang qayd etilsa Toʻqqiz zaxira futbolchisi, oltitasi maydonga tushirilishi mumkin
Manbalar
Turkum:Angliya futboli Turkum:Manchester derbilari Turkum:2024-2025-yilgi mavsum Angliya futboli Turkum:Wembley stadionida oʻtgan sport musobaqalari Turkum:Manchester City F.C. oʻyinlari Turkum:FA Community Shield