Bourguiba maqbarasi () Tunisning Monastir shahridagi monumental qabr boʻlib, unda 2000-yil 6-aprelda vafot etgan sobiq prezident, Tunis mustaqilligining otasi Habib Bourguibaning hoki qoʻyilgan.
Tavsifi left|thumb|Maqbara ichi Maqbara Bourguiba tirikligida, 1963-yilda zamonaviy arab-musulmon uslubida qurilgan. U Sidi el-Mezeri qabristonining gʻarbiy qismida, shaharning asosiy qismida, uzunlikka va kenglikka ega hududda joylashgan. Binoning yon tomonida lik minoralar va ikkita yashil gumbaz oʻrtasida oltin gumbaz bor. Maqbaraga kirish eshigi va uni qabristondan ajratib turuvchi darvoza Tunisga xos sanʼat bezaklari bilan ziynatlangan.
Maqbarada sobiq prezident va birinchi rafiqasi Moufidadan tashqari yana ikkita zalda uning ota-onasi, ukalari va oilasining boshqa aʼzolari qabrlari joylashgan. Maqbara 1978-yilda kengaytirilgan.
Maqbara ichida prezident Bourguibaning shaxsiy buyumlari saqlanadigan kichik muzey joylashgan. Uning Karfagen prezidentlik saroyidagi stoli, qalamlari, pasportlari va shaxsiy guvohnomalari, koʻzoynaklari, shuningdek fotosuratlari va kiyimlari (ham gʻarbiy, ham anʼanaviy: jebba, chechia va fes) muzay eksponati hisoblanadi.
Galereya
Yana qarang
Anıtkabir Jamol Abdunnosir masjidi Quayd mozori Muhammad V maqbarasi Mvalimu Nyerere muzey markazi Napoleon qabri Turkmanboshi Ruhi masjidi Manbalar
Turkum:Tunisdagi maqbaralar Turkum:Habib Bourguiba